AsosiySUG'DIYONA
4231

JUFTINGIZ «GAP»GA QO`ShILMAYSAN!» DESA...

'JUFTINGIZ «GAP»GA QO`ShILMAYSAN!» DESA...'ning rasmi

Yoshimiz 30 dan oshganidan keyin bolalarimiz o`zini eplay boshlaydi, o`zimizni o`ylashga ham birmuncha vaqt topiladi. Shunday paytlarda kursdosh-sinfdoshlarimiz yoki bolaligimizdagi dugonalarimizni eslab, yo`qlab qolamiz. Ko`pchilik bunday uchrashuvlarni manfaatli ko`ngilochar tadbirga aylantirgan: ular gashtak tashkil qilib, lotoreya o`ynashadi.

Yondashuv: xotinining «gap»larga qo`shilishini istamagan erkakning o`nlab asosli sabablari bor. Ularning hech birini inkor etmagan holda xotinlar o`z dugonalari, hech bo`lmasa, qo`ni-qo`shni tengdoshlarining ushbu yig`ilishlari har tomonlama foydali ekanligini isbotlashi kerak. Birinchi «gap»ni tug`ilgan kun tarzida uyida o`tkazib, eriga quyidagilarni tushuntirish mumkin: dugonalari yaxshi ayollar ekani, lotoreyadan tushadigan pulga nimanidir jamg`arish mumkinligini, vaqti kelsa, shu ayollar to`y-ma`rakalarda bir tomonni ko`tarib yuborishini, bundan tashqari, bir oyda bir marotaba 3 soat vaqtini o`zi uchun bag`ishlashni orzu qilayotgani va hokazo...

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar