Yuz terisini quyosh nurlaridan asrang. Yozning issiq kunlarida himoyalovchi krem surtishni unutmang. Qish kunlarida ham yuzni himoyalash choralarini ko`ring.
- Ob-havoni kuzating. Issiq va sovuq darajaning shiddat bilan o`zgarishi terini quruqlashtirib, himoyasizlantiradi. Qishda yog`liroq, yozda oziqlantiruvchi vositalardan foydalaning.
- Yuz terisini tozalashga alohida e`tibor bering. Buning uchun yuzga yog`li krem surtib, bir necha daqiqadan so`ng paxta yordamida artib tashlang. Davolovchi o`tlar damlamasi bilan tez-tez yuvinib turing. Pardozdan avval yuzni ma`danli suv bilan ho`llab oling. Muz bo`laklari bilan yuz terisini taranglashtirish ham samarali.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.






