Tabiatda zulukning 300 dan ortiq turi mavjud. Tibbiyotda esa maxsus — giruda turi necha yuz yillardan beri qo`llanib kelinadi.
Qanday davolaydi?
Bu muolajada odam tanasidagi maxsus akupunktur nuqtalarga 3‑5 dona zuluk qo`yiladi. U mazkur nuqtalarga yopishib olib, terini 1,5‑2 mm chuqurlikda tilib, sekin‑asta qon so`ra boshlaydi. Xavotir olmang, zuluk juda nozik jarroh va siz oshib borsa ari chaqqanday engil achishish his qilishingiz mumkin. Shunisi ham borki, bir dona zuluk atigi 5 ml.dan ortiq qon so`ra olmaydi. 40‑60 daqiqa mobaynida qon so`rib bo`lgach, o`zi teridan tushib ketadi. Zuluklar muolaja uchun maxsus ko`paytiriladi va mutlaqo steril darajada bo`lib, bittasi faqat bir odamga qo`yiladi. Zuluk qon so`rgan joyda 12‑16 soat davomida biroz qonash kuzatilishi mumkin.
Atir sepmang, chekmang, ichmang!
Bu mitti «tabib» hidlarga juda ta`sirchan va injiq. Shu bois bemor terisidan atir, sigareta tutuni yoki spirtli ichimlik hidi anqib tursa, qon so`rishdan bosh tortishi ham mumkin.
Nimalarga foydali?
Zulukning asosiy shifo manbai — so`lagi. Uning so`lagi inson qoniga tushgach, og`riq qoldiruvchi, yallig`lanishlarga qarshi ta`sir qila boshlaydi. Natijada qon aylanishi yaxshilanadi, trombozlar xavfi kamayadi va shishlar qaytadi. Immunitetni ham oshirish xususiyatiga ega. Zuluk ko`pgina kasalliklarga qarshi qo`llanib kelingan. Jumladan:
Gipertonik kasalliklarda: qon bosimi ko`tarilishi, turli tromboflebitlar.
Urologiyada: prostatit, prostata adenomasi, peshob yo`li toshlari.
Nevrologiyada: osteoxondroz, miozit, radikulit, bosh og`rig`i, bosh aylanishi, nevrit, nevroz, uyqusizlik.
Endokrinologiyada: qandli diabet, qalqonsimon bez kasalliklari, semizlik.
Teri kasalliklarida: psoriaz, neyrodermit, ekzema, husnbuzar.
Kardiologiyada: ateroskleroz, stenokardiya, kardioskleroz.
Pulmonologiyada: surunkali bronxit, bronxial astma.
Gastroenterologiyada: gepatoz, xolesistit, pankreatit, gastrit.
Jarrohlikda: tromboflebit, qon tomirlari varikozi.
Proktologiyada: bavosil (gemorroy).
Og`iz, burun, tomoq kasalliklarida: otit, yaxshi eshitmaslik...
Ginekologiyada: hayz tizimi buzilishi, bachadon miomasi, mastopatiya, tuxumdonlar yallig`lanishi va kistasi, klimaks davrida zuluk qo`yish tavsiya qilinadi.
Shuningdek, zuluk qo`yish teri holatiga ham yaxshi ta`sir ko`rsatadi, undagi izlarni yo`qotadi.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.
06.08.2021, 17:47
CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...26.12.2017, 13:12
— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...26.12.2017, 13:08
— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...26.12.2017, 11:36
Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...