1

BOLALAR QORBOBOGA IShONMASA…

SUG'DIYONA 20.12.2017, 19:38
Teglar: Psixologiya
BOLALAR QORBOBOGA IShONMASA…

— To`qqiz yashar o`g`lim olti yoshlik singlisiga bosim o`tkazyapti: «Qorbobo hayotda yo`q, u ertak, dadam bilan oyim seni aldashyapti». Qizim esa «Qorbobo bor», deb yig`laydi. Xo`sh, bolalarning Qorboboga ishonishi yaxshimi yoki yomon? Men o`g`limning rost gapini ma`qullaymi yo qizimning mo``jizalarga ishonib turgan ko`nglini himoya qilaymi? Aminmanki, Yangi yil arafasida ko`pgina ota-onalar shunday savol qarshisida qoladilar. Masalaga oydinlik kiritish payti etdi.

Nega kerak?

Bolaga Qorbobo haqidagi umuman gapirmang, deyolmaymiz. Kichkintoy ma`lum yoshgacha ertaklarga ishonishi, fantaziyalar bilan yashashi, mo``jizalarni kutishi kerak. Bu uning kelajakda hissiy rivojlanishi, ruhiyati egiluvchan bo`lib, turli vaziyatlarga oson moslashib ketishiga yordam beradi. Bola ertaklarsiz o`ssa, albatta, hamma narsani aql bilan idrok etadigan, tahliliy v tanqidiy dunyoqarashi rivojlangan bo`ladi. Lekin siz hayotda hamma narsani inkor etadigan, yaxshi niyat qilmaydigan, har qanday tashabbusni sovuq tahlil bilan yo`qqa chiqaradigan, tavakkal qilishni bilmaydigan, nuqul voqealarning salbiy yakunini bashorat etadigan odamlarni uchratganmisiz? Ana o`shalar yoshligida ertak kam eshitgan, ezgulikka kam oshno bo`lgan bolalardir.

Ruhshunoslar bola 7 yoshgacha mo``jizalar ichida yashashi kerak, deb hisoblashadi. Bu ularning fantaziyasi o`sishi, ijodiy fikrlashiga ijobiy ta`sir ko`rsatar ekan. Demak, boallarni ertak qahramonlari, xususan, Qorboboga ishontirish juda muhim.

U yo`qligini bilgach, nima bo`ladi?

Ha, ota-onalarni bu savol ham o`ylantiradi. Bir kun kelib bolam Qorbobo yo`qligini, bir xayol ekanini bilsa, qalbi larzaga kelmaydimi, menga va atrofdagilarga ishonchi yo`qolmaydimi? Hech unday bo`lmaydi. Agar jarayon tabiiy kechsa, kichkintoy ma`lum yoshga etgach, voqealarni, faktlarni tahlil qilib, o`zi Qorbobo yo`q ekan, degan xulosaga kelsa, sizdan yoki olamdan xafa bo`lmaydi. Aksincha, bu xulosasidan o`ziga nisbatan ishonchi ortadi, kashfiyotini hammaga aytgisi, hatto, mening o`g`limga o`xshab, kichiklarga bu xulosani majburlab o`tkazgisi keladi. Har qaysimiz bola bo`lganmiz, o`z tajribalarimiz, xatolarimiz, ishonchu kashfiyotlarimiz bilan ulg`ayganmiz. Bolangizni bu imkoniyatdan mahrum etmang, unga o`z tajribalaridan xulosa chiqarishiga yo`l bering. Xullas, vaziyatni dramaga aylantirmang. Juda bo`lmasa: «Qorbobo ishonganlar uchun bor, ishonmaganlar uchun yo`q» desangiz, uni aldamagan bo`lasiz. Aslida, ham shunday-ku: bizning ertaklarga ishonchimiz bu qahramonni jonlantirib, unga umrboqiylik baxsh etib turgani yolg`onmi?

Muhimi, sovg`asiz qolmasin!

Ba`zan ota-onalar «Yomon bola bo`lsang, Qorbobo senga sovg`a keltirmaydi», deya farzandini «shantaj» yo`li bilan tarbiyalashga harakat qilishadi. Bu ikki sababga ko`ra to`g`ri emas. Birinchidan, bola sovg`a uchun o`zgarishga, ya`ni ta`magirlikka o`rganadi. Sovg`a bu mukofot emas, ota-onaning e`tibor va muhabbati ramzi ekanini bolangiz his etishi kerak. Kelajakda mukofot olish uchun o`zligiga xiyonat qilish shu po`pisadan boshlanishini unutmang. Ikkinchidan, po`pisani, baribir, amalga oshirmay, kichkintoyga sovg`a bersangiz, uning oldida obro`yingiz tushadi, endi gapingizga ishonmaydi, do`q-po`pisalaringizga ham. Bordi-yu po`pisani amalga oishrib, chindan ham farzandingizni Yangi yil kuni sovg`asiz qoldiradigan bo`lsangiz, farzandingiz buni bir umr unutmaydi. Hamma bolalar Qorbobodan sovg`a olgan, o`zining bir chetda shumshayib qolgani unga yomon ta`sir qiladi. Xullas, sovg`a bilan manipulyasiya qilish har qanday holatda ham ota-onaning o`ziga zarar. Undan ko`ra «Qorbobo hamma bolalarni yaxshi ko`radi, lekin sen ham ma`lum shartlarga rioya qilsang, uning boshi osmonga etadi» deng. Muhabbat evaziga muhabbat berishi kerakligini shu yoshdan tushuntiring.

Ba`zida bola Qorbobodan juda qimmat sovg`a kutishi mumkin. Bunda ota-ona qiyin ahvolda qoladi. Qorbobo fantaziyamiz mahsuli ekan, fantaziyalarimizni yangilari biln boyitishga nima qarshilik qiladi? Masalan, «Qorbobo hammaga birdaniga qimmat sovg`a qila olmaydi, uning o`z rejalari bor, bu safar u o`rtog`ingga velosiped olib kelibdi, keyingi yillardan birida, albatta, senga ham navbat etadi» deng. Xullas, ijodkor bo`ling, axir siz bolangiz uchun ertak to`qiyapsiz-ku. Uni ezgu insonga aylantiradigan ertakni!

Shahnoza TO`RAXO`JAEVA

Sharhlar

BOLANI OZODALIKKA O`RGATAMIZ

21.12.2017, 18:34

Qani endi bolangiz sizni hech javratmay o`zi yuz-qo`lini, tishlarini yuvsa, yotgan o`rnini yig`ishtirsa... Bu aksar ota-onalar uchun bir orzudek. Aslida, bolani ozodalikka o`rgatish qiyin ish...
ARAZChI BOLANI QANDAY TARBIYaLASh KERAK?

21.12.2017, 18:21

— 10 yoshli qizim juda arazchi. Sal gapga yig`laydi, xafa bo`ladi, ovqat emay qo`yadi. Uni ko`p erkalatishga ham qo`rqaman. Qanday munosabatda bo`lishga hayronman… Saida, Zangiota...
BOLAGA NIMA SOVG`A QILISh MUMKIN?

21.12.2017, 18:16

Jiyanlar, dugonalarning, qo`shnilar va tanishlarning farzandlariga sovg`a tanlayotib, chalkashib ketmaslik uchun bolalarning yoshini inobatga oling. Masalan: 1-2 yoshli bolakaylar qo`g`irchoqlar, yumshoq o`yinchoqlar, kubiklar, suratli kitoblar,...
YaNGI YILNI NIShONLASh SSENARIYSI

21.12.2017, 18:16

Yangi yil — nafaqat bolalar, hatto kattalar ham niyatlari ijobat bo`lishiga ishonadigan ertakmonand bayram. Lekin u ayniqsa bolajonlarga katta quvonch ulashadi. Axir bu kunda ular...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1