AsosiySport

JCh U-17: O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Panama terma jamoasiga qarshi o'yinda yirik 6:1 hisobida g'alaba qozondi

O'zbekiston 1/16 final yo'llanmasini qo'lga kiritdi

'JCh U-17: O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Panama terma jamoasiga qarshi o'yinda yirik 6:1 hisobida g'alaba qozondi'ning rasmi

Bugun, 11 noyabr kuni Qatarning Doha shahrida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida Islombek Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi J guruhidagi so‘nggi tur uchrashuvini o‘tkazdi. 

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Panama terma jamoasiga qarshi o‘yinda yirik 6:1 hisobida g‘alaba qozondi va muntialning 1/16 final bosqichiga yo‘l oldi.

Ushbu uchrashuvda kiritilgan gollarga Abubakir Shukurullayev, Sadriddin Hasanov, Sayfiddin Sodiqov, Jamshidbek Rustamov, Asilbek Aliyev, Abdusamad Saidov mualliflik qilishdi.

    Boshqa yangiliklar