Bugun, 15 noyabr kuni Qatarning Doha shahrida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida Islombek Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi jahon chempionati 1/16 final bosqichida Xorvatiyaga qarshi bahs olib bordi. O‘zbekiston va Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning asosiy daqiqasida 1:1 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida Islombek Ismoilov shogirdlari Xorvatiyani 4:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va mundialning 1/8 final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Ushbu uchrashuvning asosiy daqiqalarida kiritilgan gollarga Sadriddin Hasanov va Tino Kusanovich mualliflik qilishdi. 18 noyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi mundialning 1/8 final bosqichida Italiya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi.






