Sammitga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mezbondilik qiladi. Unda Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadi Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston rahbari Serdar Berdimuhammadov ishtirok etishi kutilmokda.
Shuningdek, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ham Toshkent sammitiga taklif qilingan.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi ilk bor 2018 yil Ostona shahrida o‘tkazilgan bo‘lib, bu tashabbus Mirziyoyevning mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash g‘oyasi asosida yo‘lga qo‘yilgan.






