1

​2018 YILDA SOLIQQA OID AYRIM ME`YoRLAR BIR XILDA QO`LLANILADI

Iqtisodiyot 21.12.2017, 11:27
​2018 YILDA SOLIQQA OID AYRIM ME`YoRLAR BIR XILDA QO`LLANILADI

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n uchinchi yalpi majlisida senatorlar ko`rib chiqqan “Soliq va byudjet siyosatining 2018 yilga mo`ljallangan asosiy yo`nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining qonuni ana shu maqsadga xizmat qiladi.

Qonun Byudjet kodeksi, Soliq kodeksi va “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonuniga o`zgartish va qo`shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi 3 ta moddadan iborat. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi qonunga kiritilishi nazarda tutilgan o`zgartish va qo`shimchalar mahalliy byudjetlarning mustaqilligini oshirish, tumanlar va shaharlarning zaxira jamg`armalarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibini nazarda tutadi. Xususan, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining byudjet vakolatlarini ularga qonun hujjatlarida ko`rsatilgan alohida soliqlar bo`yicha belgilangan stavkalarga hududlarning hamda faoliyat amalga oshiriladigan joyning o`ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda pasaytiruvchi va oshiruvchi koeffisientlarni kiritish huquqini berish orqali oshirish nazarda tutilmoqda.

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig`i bilan foyda solig`i birlashtirilayotganligi, shuningdek, ayrim turdagi majburiy ajratmalarni yagona to`lovga – davlat maqsadli jamg`armalariga majburiy ajratmalarga birlashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga o`zgartishlar kiritilmoqda. Qonun senatorlar tomonidan ma`qullandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1