Uzoqni ko`ra olmaslik;
- skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);
- gastrit;
- ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har uchtadan bittasini oshqozoni bezovta qiladi.
- rangi o`zgaradi;
- ishtahasi yo`qoladi;
- tez toliqadi;
- jig`ildoni qaynab, ko`p kekiradi;
- ko`krak chuqurchasida noxushlik sezib, qorni dam bo`ladi;
- ko`ngli ayniydi;
- qabziyat (ich qotishi)dan qiynaladi.
Ilk xavf
O`quv yili ayniqsa birinchi sinf o`quvchilar uchun qiyin kechadi. Yangi kun tartibi, darslar, tanish bo`lmagan sharoit tufayli bolaning ruhiy holatida o`zgarishlar kuzatiladi. Bu esa o`z navbatida asab tizimiga ham ta`sir qilib, oshqozon‑ichak, og`iz‑quloq‑burun tizimi surunkali kasalliklarining paydo bo`lishiga olib keladi. Shuningdek, gavda holati va ko`rish qobiliyatida ham o`zgarishlar ro`y beradi.
O`quvchilar gastriti
Surunkali gastrit kasalligiga ko`pgina o`quvchilar chalinishi mumkin. Bola o`qituvchi bilan til topisha olmasligi, sinfdoshlari bilan tortishib qolishi, yomon baho olishi kabi holatlarda asabiylashadi. Bu esa oshqozon-ichak tizimida turli buzilishlarga olib keladi. Turli «fast-fud» yoki qovurilgan taomlar bilan ovqatlanish, irsiy moyillik natijasida kasallik yanada zo`rayadi.
Ota‑onada surunkali gastrit bo`lsa, bolada ham bu kasallikka chalinish xavfi ortadi. Bolaning surunkali infeksiyalar — tish kariesi, bodomsimon bezlar yallig`lanishi, gaymorit kabi xastaliklarga chalinishi esa kasallikning yanada jiddiy tus olishiga sabab bo`ladi.
Alomatlari
Gastrit alomatlari har doim ham ko`zga tashlanavermaydi. Gastritga chalinganda bolada quyidagi alomatlar kuzatiladi:
Kasallik qo`zg`alganda esa bu alomatlar kuchayadi.
Tavsiya: bolani ertalab nonushta qilishga o`rgating. Unga foydali (grechka, guruchli) bo`tqa tayyorlab berishdan erinmang. Bolaning portfelida doim qaynatib sovutilgan suv bo`lsin. Tanaffus paytida eyishi uchun ham biror egulik bering. Egulik quruq pechene yoki shokoladdan iborat bo`lmasin. O`quvchi farzandingizga olma yoki yogurt, pishloqli non, hech bo`lmaganda quritilgan meva berib yuboring.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.