AsosiyJamiyat

Buxoroda sex portlab ketdi

Ushbu mudhish hodisa ortidan 4 kishi halok bo‘lgan.

'Buxoroda sex portlab ketdi'ning rasmi

Kogon tumanidagi portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi sexda sodir bo‘lgan portlash 4 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Voqea joyida hukumat komissiyasi ish boshladi.

Bugun, 6 dekabr kuni Buxoro viloyati Kogon tumanida joylashgan “Shahms LTD” MChJga qarashli portlovchi moddalar ishlab chiqarish sexida kuchli portlash yuz berdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, hodisa soat 09:40 da “Mustaqillik” MFY hududida sodir bo‘lgan va oqibatda korxonada ishlayotgan 30 xodimdan 4 nafari halok bo‘lgan.

Mazkur korxona 2019 yildan buyon Markaziy Osiyo va O‘zbekiston tog‘-kon sanoati korxonalari uchun yangi konlarni o‘zlashtirishda qo‘llaniladigan portlovchi moddalarni ishlab chiqarib keladi.

Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan Buxoro viloyati FVBNing 7 ta qutqaruv bo‘linmasi yong‘inni soat 10:27 da to‘liq o‘chirgan. Portlash natijasida yengil tan jarohati olgan 4 nafar xodim shifoxonaga etkazilgan. Ulardan ikkisiga ambulator yordam ko‘rsatilib, uyiga ruxsat berilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra, hodisa bo‘yicha Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi raisi Abduvaqqos Rafiqov boshchiligida hukumat komissiyasi tuzildi. Komissiya jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish, portlash sabablarini o‘rganish, oqibatlarni bartaraf qilish va kelgusida bunday holatlarni oldini olish choralarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

Hozirda hudud to‘liq nazoratga olingan va oqibatlarni bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '"Bo‘lsa xafa qilaman" — Qo‘rg‘ontepa hokimi bemorni dorixonaga yubormaslikni buyurdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:10

    "Bo‘lsa xafa qilaman" — Qo‘rg‘ontepa hokimi bemorni dorixonaga yubormaslikni buyurdi

    Ҳолат юзасидан тиббиёт бирлашмаси раҳбари изоҳ берди.

    'Toshkent metro bekatlarida kassalar yopiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:43

    Toshkent metro bekatlarida kassalar yopiladi

    Xo'sh, endi fuqarolar metroga qanday to'lov qiladi?

    'Talabalar uchun qishki taʼtil 28 dekabrdan boshlanadi'ning rasmi

    Jamiyat 05.12.2025 21:33

    Talabalar uchun qishki taʼtil 28 dekabrdan boshlanadi

    Taʼtil davrida talaba va oʻquvchilarning oʻz yashash hududlariga qaytishlarini qulaylashtirish maqsadida qoʻshimcha sharoitlar yaratiladi.

    'Президент Саудия Арабистони компаниялари делегациясини қабул қилди'ning rasmi

    Jamiyat 05.12.2025 19:44

    Президент Саудия Арабистони компаниялари делегациясини қабул қилди

    Тарафлар амалий ҳамкорликни янада кенгайтириш ва устувор қўшма лойиҳаларни жадаллаштириш масалаларини муҳокама қилди.

    'Toshkent viloyatida "Damas" va "Toyota" haydovchilari janjallashdi'ning rasmi

    Jamiyat 05.12.2025 19:31

    Toshkent viloyatida "Damas" va "Toyota" haydovchilari janjallashdi

    "Damas" haydovchisi avval ballon "klyuch" bilan "Toyota" oynalariga urgan, so'ng yo'lovchisining boshiga mojar qilgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 05.12.2025 19:09