UEFA Chempionlar Ligasining 5-turining markaziy uchrashuvida "Arsenal" o‘z maydonida "Bavariya"ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Arteta jamoasining kuchli o‘yini "Bavariya"ning turnirdagi ilk mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi.
Matchning birinchi yarim soatiyoq tomoshabinlar goliga boy o‘tdi: 22-daqiqada Bukayo Sakaning burchakdan yo‘llagan uzatmasini Yurrien Timber bosh bilan darozaga yo‘llab, hisobni ochdi. 10 daqiqadan so‘ng esa Serj Gnabrining uzatmasini golga aylantirgan Lennart Karl hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi bo‘limda Arteta amalga oshirgan o‘zgarishlar o‘z samarasini berdi. 69-da Noni Madueke jamoasini yana oldinga olib chiqdi, 77-da Gabriel Martinellining tezkor qarshi hujumni gol bilan yakunlab, g‘alabani mustahkamladi.
Bu natijadan so‘ng "Arsenal" besh turdan keyin 15 ochko bilan guruhda mutlaq peshqadamga aylandi. "Bavariya" esa uchinchi pog‘onaga tushib ketdi. Keyingi turda myunxenliklar "Sporting"ni qabul qiladi, "Arsenal" esa safarda "Bryugge"ga qarshi maydonga tushadi.






