AsosiyJamiyat

Namanganda Onix urib ketishi oqibatida yana bir YPX xodimi halok bo‘lgani aytilmoqda

Namangan viloyatiga davolanish uchun borgan navoiylik YPX xodimi YTH oqibatida vafot etdi.

'Namanganda Onix urib ketishi oqibatida yana bir YPX xodimi halok bo‘lgani aytilmoqda'ning rasmi

Piyodalar yo‘lagidan yo‘lni kesib o‘tayotgan xodimni tegishli hujjatlari bo‘lmagan haydovchi Onix mashinasida urib ketgan.

YTH 2025 yil 25 noyabr kuni kechki payt Namangan shahrida sodir bo‘lgan. Navoiy viloyati IIB YHYXB xodimi Doniyor Nurullayev yo‘lni piyodalar yo‘lagidan kesib o‘tayotgan vaqtida uni Onix mashinasi urib ketgan.

Onix'ni haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit boshqargani aytilmoqda. YPYaX xodimi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Doniyor Nurullayev Namangan shahriga davolanish va sog‘lig‘ini tiklash maqsadida borgan.

Doniyor Nurullayevning vafoti Navoiyda janoga xabarlari berib boriladigan Telegram kanalida ham e’lon qilindi. Qayd etilishicha, 28 yoshli YPYaX xodimi ikki farzandning otasi bo‘lgan.

Namanganda 4 kun oldin, 21 noyabr kuni ham xizmat olib borayotgan YPYaX xodimi Onix urib ketishi oqibatida halok bo‘lgandi. Unda ham mashinani tegishli hujjatlari bo‘lmagan haydovchi boshqargan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:10

    'Xorijiy va nodavlat OTMlardagi boʻsh grant oʻrinlari uchun qoʻshimcha tanlov eʼlon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:16

    Xorijiy va nodavlat OTMlardagi boʻsh grant oʻrinlari uchun qoʻshimcha tanlov eʼlon qilindi

    Roʻyxatdan oʻtgan talabgorlar uchun test sinovlari 11 dekabrgacha oʻtkaziladi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:44

    'Toshkent shahri va viloyatida yer maydonlari bilan bog'liq yirik korrupsiya holatlari fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:14

    Toshkent shahri va viloyatida yer maydonlari bilan bog'liq yirik korrupsiya holatlari fosh etildi

    Huquq-tartibot organlari ikki alohida holatda mansabdor va vositalchilar tomonidan tadbirkorlarning ishonchi suiiste'mol qilinganini anıqladi.

    'Toshkentda dronlar qurilish va atmosfera ifloslanishi monitoring qilinadi'ning rasmi

    Jamiyat 25.11.2025 22:29

    Toshkentda dronlar qurilish va atmosfera ifloslanishi monitoring qilinadi

    Buning uchun tegishli idoralarga topshiriqlar berildi.

    'Samarqand shahri hududi 17,5 ming gektarga kengaytiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 25.11.2025 20:50

    Samarqand shahri hududi 17,5 ming gektarga kengaytiriladi

    Samarqand shahri aholisi 604 mingdan 882 minggacha etadi.