1

Orzu laynerlari haqida hujjatli film namoyish etildi

Madaniyat 08.02.2018, 07:41
Orzu laynerlari haqida hujjatli film namoyish etildi

Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida «Orzu laynerlari O`zbekiston sari» deb nomlangan hujjatli film namoyishi bo`lib o`tdi.

"O`zbekkino" milliy agentligi tomonidan suratga olingan mazkur hujjatli film mustaqillik yillarida "O`zbekiston havo yo`llari" Milliy aviakompaniyasining bosib o`tgan shonli yo`li va uning faoliyatiga bag`ishlangan. Film taniqli jurnalist Boris Boboev, rejissyor Dilshod Nazirov va operator Anvar Azizxo`jaev ijodiy hamkorligida tomoshabinlar e`tiboriga havola etildi.

"O`zbekiston havo yo`llari" Milliy aviakompaniyasi o`zining zamonaviy aeroportlari va samolyotlari, yuqori malakali uchuvchilari va xalqaro talablarga mos xizmat ko`rsatish darajasi bilan o`z nufuziga ega. Sohaga qaratilayotgan e`tibor tufayli bugungi kunda zamonaviy havo kemalari, xususan, Boing-787 (Dreamliner) samolyotlari bilan ta`minlangan Milliy aviakompaniya xalqaro aviatashuvlar tizimida munosib o`rin egallaydi. “O`zbekiston” yozuvi tushirilgan avialaynerlar dunyoning ko`plab davlatlariga parvozlarni amalga oshirayotgani e`tiborga loyiqdir.

– "O`zbekiston havo yo`llari" Milliy aviakompaniyasi ravnaqi va faoliyatini yoritib beruvchi mazkur film barchaga manzur bo`ladi, degan umiddamiz, – deydi film muallifi B.Boboev. – Chunki u Milliy aviakompaniyamizning ish tartibi, uning jamoasi, uchuvchilari va yo`lovchilar haqida. Qolaversa, filmda keyingi yillardagi o`zgarishlar va yurtimiz havo yo`llarida Boing-787 (Dreamliner) samolyotlari o`z o`rniga ega bo`lib borayotganiga ham alohida e`tibor berilgan. Milliy aviakompaniyaning etakchi mutaxassislari, uchuvchilar, yo`lovchilar, "Boing" korporasiyasi mutaxassislari fikrlari filmning mazmun-mohiyatini yanada ochib beradi.

Tadbir ishtirokchilari «Orzu laynerlari O`zbekiston sari» hujjatli filmining yaratilishi haqida o`z fikr-munosabatlarini bildirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1