1

O`g`il-qizingizning gaplarini eshitasizmi?

SUG'DIYONA 28.05.2018, 15:33
O`g`il-qizingizning gaplarini eshitasizmi?

O`smir farzandlaringiz gapingizga kirmaydigan bo`lib borayotganidan noliysiz: meni umuman eshitmaydi deya. Xo`sh, o`zingiz-chi? Uni eshitasizmi? O`smir uchun tinglanish va tushunilish juda muhim. Shuni e`tiborga olgan holda quyidagi testdan o`tishga chorlaymiz. Siz o`g`il-qizingizni naqadar tinglay olasiz?

1. Muhim imtihon arafasi. Bolangiz...

A. Sizdan yordam so`raydi. Birga tayyorlanish osonroq-da (a)

B. Dars qilishga ming undamang, quloq solmay, internetda o`tiraveradi (b)

V. O`zi jon-jahdi bilan tayyorlanadi. Siz vaqti-vaqti bilan o`zini asrashi, dam olishi kerakligini eslatib turasiz. (g)

G. Siz hatto uning yaqinda imtihon topshirishi kerakligini ham bilmaysiz (v)

2. O`qituvchisi bolangizning xulqi haqida gaplashish istagida sizga qo`ng`iroq qildi. Sizning birinchi aytadigan gapingiz:

A. «U nima ish qilib qo`ydi?» (b)

B. «Ishqilib o`zi sog`mi?» (a)

V. «Yana bir soat nasihat qilishga to`g`ri kelar ekan-da» (v)

G. «Uf, jonga tegdi-da rosa shu o`qituvchi» (g)

3. Do`konda bolangiz ko`pincha...

A. Keraksiz buyum olib berishingizni so`raydi (v)

B. Biron narsa sotib olishdan avval sizning fikringizga qiziqadi(a)

V. Xuddi siz kabi shopingdan lazzatlanadi (g)

G. Nuqul didingiz unikiga mos kelmasligidan noliydi. Bu doim janjalga aylanadi (b)

4. Uning xobbilari sizda quyidagi fikrlarni uyg`otadi:

A. «Asosiysi, ular xavfsiz. Qolganiga chidasa bo`ladi» (b)

B. «Ko`chada sang`ib yurgandan shunisi ham tuzuk» (v)

V. «Mazza qilib yashayapti. Xobbisi aslida men uchun ham qiziq» (g)

G. «Qiziqishlarimiz umumiy bo`lgani qanday yaxshi?» (a)

5. Bolangiz sizdan nimanidir yashirayotganini qaerdan bilasiz?

A. «Ishlar qalay?» deb so`rasangiz qisqa javob beradi (b)

B. Bo`lar-bo`lmasga jizzakilik qilaveradi (v)

V. Ko`pincha o`zi hamma gapni aytib beradi (g)

G. Kutilmaganda kamgap va yuvosh bo`lib qoladi (a)

6. Dugonalaringiz farzandingiz haqida shunday deyishadi...

A. «U kimga o`xshab bunchalik mustaqil bo`lib o`syapti?» (g)

B. «Ochiqqina a? Meniki ichimdagini top xilidan!» (a)

V. «Zaxargina ekan» (v)

G. «Eh, bolaligida farishtaning o`zi edi-ya» (b)

7. Bolangizga nima etishmaydi deb o`ylaysiz?

A. Tajriba va imkon. Ammo hademay ular paydo bo`lishiga shubhangiz yo`q. (g)

B. Intizom. Eslatmasangiz, kiyimini ham yig`ishtirmaydi, darsini ham qilmaydi. Kelajakda qiynalmasa bo`ldi (b)

V. Xotirjamlik. Bunaqa asablar bilan yashash oson bo`lmaydi (v)

G. Tashabbuskorlik. O`zi iste`dodli bola, lekin jur`at va qat`iyati kamroq... (a)

NATIJALAR

«A» javob ko`p

Haddan ortiq tinglab yuboryapsiz

Munosabatlaringiz yomon emas, ammo farzandingiz mustaqil bo`la olishiga ishonmaysiz. Siz bolangizga juda e`tiborlisiz, lekin u sizning fikringiz va baholaringizga ko`p e`tibor bermaydi. Kelajakda bu unga xalaqit bera boshlaydi. Uni mustaqil bo`lishga asta o`rgatib boring va hech qachon tanqid qilmang.

«B» javob ko`p

Eshitishda nuqsonlar bor

Bolangiz bilan sovuq urush holatidasiz. Ko`pchilik o`smirlarning ota-onasida shunday hol kuzatiladi. Bolaga katta odamga qaragandek qarab boqing. Do`stlaringiz, dugonalaringiz, hamkasblaringizni tinglaysiz-ku, xuddi shunday bolangizga ham quloq tuting. Faqat buni asabiylashmagan holda, sovuqqonlik bilan amalga oshiring. Haftada bir marta «muzokaralar stoli» uyushtirishga harakat qiling. Unda har kim o`z dardini, muammolarini, e`tirozlarini aytib, munosabatlar xotirjam sharoitda muhokama qilib olinadi. Ehtimol, urishish uchun sabablar u qadar ko`p emasdir. Shunday, albatta. Axir, siz ona-bolasiz.

«V» javoblar ko`p

Ortiqcha shovqin ko`p

Sizning aloqa kanalingiz ta`mirga muhtoj. Bolangiz ko`p marta ishonchingizni oqlamagan shekilli, oqibatda unga ishonmay va uni eshitmay qo`ygansiz. Yaqinlashish yo`lini izlaysiz-da. Qaysar o`smiringiz nimaga qiziqadi? Unga yaqinlashib, qiziqishlariga siz ham bosh qo`shishingiz kerakdir balki. Birga nimanidir qilish o`zaro munosabatlarni yaxshilashning eng samarali yo`li.

«G» javoblar ko`p

Diqqatingiz a`lo darajada

Farzandingiz bilan bir-biringizni juda yaxshi tushunasiz. Bolangiz sizga quloq soladi, bunga javoban siz unga to`liq ishonasiz. Xullas, muloqotingizga hech nima xalaqit bermaydi. Davom etavering!

Shahina tayyorladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1