1

Izro Malakov AQShdan "Maqom muzeyi"ga 60 dan ziyod noyob eksponatlar yubordi

Madaniyat 24.10.2018, 19:57
Izro Malakov AQShdan "Maqom muzeyi"ga 60 dan ziyod noyob eksponatlar yubordi

O`zbekiston xalq artisti Izro Ashirovich Malakov Shahrisabzdagi "Maqom muzeyi" fondini boyitish maqsadida AQShdan 60 dan ziyod noyob eksponatlarni jo`natdi. Muzey xodimlari ushbu eksponatlarni minnatdorchilik bilan qabul qilishdi.

Mazkur noyob eksponatlar XIX-XX asrlarda Buxoro, Samarqand va Qashqadaryo vohalarida faoliyat yuritgan maqom sanati ijodkorlarining mahsuli va faoliyatiga oid ilmiy ahamiyatga egadir.

Eksponatlar orasida bugungi kunlarda maqom yo`nalishida faoliyat yuritayotgan amerikalik va kanadalik yosh ijodkorlar hayotiga oid materiallar ham mavjud.

Bungacha O`zbek­is­ton Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan tashkil etilgan "Maqom muzeyi" fondiga Madaniyat vaziri professor B. Sayfullaev va O`zbekiston halq hofizi U. Axmedov 40 dan ziyod noyob eksponatlar hamda noyob cholg`u asboblarini sovg`a qilgan edi.

Izro Ashirovich Malakov 1938 yilda Shahrisabzda to`g`ilgan va kasbi stomotolog bo`lishiga qaramasdan, hayotini maqom sanatiga bag`ishladi. U o`z mehnat faoliyatini Shahrisabz shahridagi Madaniyat saroyida solistlikdan boshlab, keyinchalik Toshkentdagi Maqom ansamblida davom ettirgan.

1992 yildan boshlab uning taqdiri Amerika Qo`shma Shtatlari bilan bog`lanib, muvaffaqiyatli ravishda yoshlarga maqom sanati yo`nalishidan saboq berib kelmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1