1

Ruhiyatingizga tashqaridan nazar tashlang

SUG'DIYONA 04.11.2014, 14:22
Ruhiyatingizga tashqaridan nazar tashlang

Savollarning «A» javob varianti uchun — 3 ball, «V» javob varianti uchun — 2 ball, «S»javob varianti uchun — 1 ball, agar har uchala javob varianti to`tri kelmasa — 0 ball. 

1.   Toqqa dam olshp uchun chiqilganda nima uchun bu qadar ko`p oziq-ovqat va ichimliklar olinadi? A — toza havoda ishtaha karnay buladi-da; V — bu uziga xos ochko`zlik bo`lsa kerak; S — bu— isrofgarchilikdan o`zga narsa emas! 

2.    Katta idishdan pivo quyib sotayotgan sotuvchi navbatda turganlarning biridan bir kosa muzdek suv yoki o`rik sharbati keltirib berishni iltimos qilsa, uning maqsadi nima deb o`ylaysiz? A — shunchaki, chanqab ketgan bo`lishi mumkin-da, bechora, buning ustiga ish vaqtida spirtli ichimlik ichish mumkin emas; V — navbatga turganlarni bir kuldirib qo`yay, degan bo`lsa kerak-da; S — ichkilikka mukkasidan ketganlarga nima foyda, nima zarar ekanligini tushuntirib qo`yishga intilgan. 

3.    Hamkasbingiz ish vaqtida ish joyida uxlab qoldi. Siz... A — telefon apparatim bilan suratta tushirib, avval boshqa hamkasblarga, so`ng o`ziga ham ko`rsataman; V — bir oz mizgib olganidan so`ng yo`talib uygotib qo`yaman, yaxshimas axir, gap tegishi mumkin; S — uni uyg`otgani boshliqni xonamga chaqirib kelaman. 

4.    Jamoat transportida tasodifan bir tanishingizni uchratib qoldingiz. Uni uyingizga mehmonga taklif qilgandingiz, u esa uzr so`rab taklifingizni rad etdi. Shunda siz... A — qo`yarda-qo`ymay uni uyimga olib borib, mehmon qilib kuzatib yuboraman; V — boshqa safar taklifimni rad etmaslik va`dasini olib xayrlashaman; S — shunchaki ko`ngil uchun aytganimni bila turib borsa, bu — girt ahmoqlik-ku. 

5.    Notanish yo`lovchi kutilmaganda sizni to`xtatib, bir necha ming so`m qarz so`radi. Siz... A — uning mendan pul olish-olmasligi — uni bunday qilishga undagan vajiga ishontira olishiga bogliq; V — duch kelgan odamga pul beravermayman; S — ahmogi yo`q, bunaqa odamlarni yaxshi bilaman, cho`pchagini boshqa birovga aytaqolsin. 

6.    Rvklama gazetasidagi galati e`longa ko`zingiz tushdi: ««Volga» rusumli mashinamni nimagadir almashaman». Sizning-cha, e`lon bergan kishi... A — «qarmogi»ga kim ilinishini poylab turgan, ichidan pishgan ayyor-ku u; V — rostdan ham bunaqa mashinani nimagadir almashtirsa arziydi; S — aqldan ozgan odam ekanligiga shubha yo`q. 

7.    Ertalabki tiqilinchda avtobusda ishga ketayapsiz. Bir kishi oyoq qo`yishga joy topolmay kimningdir oyogini bosib turishga majbur bo`ldi. Bu jabrdiyda siz ekanligingizni bilmay atrofga olazarak haramoqda. Siz... A — «Hechqisi yo`q, yana bir oz chiday olaman», deyman ko`ziga tirjayib boqib; V — «Keling, urin almashib ko`ramiz, zora turishga mening oyogimdan boshqa joy topa olsangiz», deyman kinoyali qilib; S — «Oyogimni ezib yubordingiz, nariroq turing», deyman jahl bilan. 

8.    Badiiy film kulminasion nuqtasiga etay deganda tugab qoldi va uni suratga olishda ipggirok etgan aktyor va texnik xodimlar ro`yxati chiqa boshladi. Siz... A — kulminasion echimni o`zim o`ylab topishimga imkon berishdi, deb o`ylayman; V — filmning ssenariy muallifi va rejissyor o`zlarini juda aqlli odam deb hisoblab yuborishganlari uchun shu tariqa tomoshabinlarning gashiga tegishni o`rganib olishgan, degan fikr o`tadi xayolimdan; S — film bo`lgandan keyin boshi va oxiri, mantiqiy echimi bo`lishi shart! Bu iste`molchilar haq-huquqini poymol qilish bilan barobar.

9.    Oynai jahon orqali lotoreyaning navbatdagi o`yini bo`lyapti. Sizning qo`lingizdagi lotoreyaning atigi bitta raqami avtomobil yutib olishingiz uchun mos kelmay qoldi. Sizningcha bu... A — shunchaki bu safar omad chopmaganligi; V — har doimgi omadsizlikdan yana bir nishon; S — o`zi umuman hayotim omadsizlikka to`laligining isboti. 

10. Mehmonga borganjoyingizdadasturxonga siz yoqtirmagan taomni tortishdi... A — mezbon va uning bekasini maqtab, tomoqdan o`tgunicha tabassum bilan eyishga harakat qilaman; V — qornim to`qligini bahona qilib, bir-ikki qoshiq bilan chegaralanaman; S — bu taomni umuman yoqtirmasligimni ochiq-oydin aytishga majbur bo`laman.

To`plagan ballaringizni hisoblab chiqing. 

21 dan 30 ballgacha: Siz anchayin optimist odam ko`rinasiz… O`zingizcha har qanday muammoni tabassum bilan kutib olib, kulgi bilan kuzatib qo`yaman, deb o`ylaysiz. Ko`pincha buning uddasidan chiqasiz ham. Biroq bu ayrim hollarda sizga pand berib qo`yishi mumkin. Natijada o`zingizni kamsitilgan, aldangan va noshud his qilib qolishingiz hech gap emas. Ayniqsa, o`zgalarning nigohida «nojildiy», «hamma narsaga ko`nikib ketaveradigan» bo`lib ko`ringaningizda o`zingizni kechira olmasligingiz turgan gap. Ruhiyatingizda hazil-mutoyibaga joy bisyor, biroq uni har zamonda jidaiylik bilan randalab turishni unutmang.

11 dan 20 ballgacha: Siz hazil-mutoyibani ham, jidaiy qarorlarni ham o`z o`rnida qo`llashga intiladigan kishilar sirasiga kirasiz. Haddan oshgan hazil, siz uchun juda qo`pol va beo`xshov tuyulishi shundan. Shunga qaramay ayrim holatlarda hazil qilaman deb qo`pollik qilib qo`yishdan, jqldiy bo`laman deb oddiy hazilni noto`g`ri qabul qilishdan ehtiyot bo`ling. Ko`tarinki kayfiyat ulashishning eng yaxshi usuli — hazilni tushunadigan yaqinlaringiz bilan suhbatlashish. 

6 dan 10 ballgacha: Hatto ruhiyatingiz yaxshi kayfiyat bilan to`lib toshganda ham o`zingizga, xatti-harakatingiz va gapirayotgan gapingizga nisbatan o`ta talabchansiz. Atrofingizdagilar ortiqcha hazil qilishiga yo`l qo`ymaysiz, mabodo bunday holatlar yuz bersa, achchiq kinoya bilan javob qaytarishdan ham tortinmaysiz. Biroq unutmang, hazil-mutoyiba — ruhiyatingiz naqshi hisoblanadi. Uning o`z go`zalligi, o`z ahamiyati mavjud. Uta jiddiylik kishilarni sizga yaqin bo`lishiga to`sqinlik qilishi, ularni sizga bo`lgan ishonchi doimiy shubha ostida bo`lishiga olib kelishi mumkin. 

0 dan 5 ballgacha: Siz o`ta ziqna va odamovi kishisiz! Siz bilan do`st tutinganlar juda kam ekanligi (aksincha, yo`qligi), hech qaysi davraga qo`shila olmaganingizga sira hayron bo`lmang. Fe`lingizni ayrim qusurlardan tozalashga urinib ko`ring. Axir yaxshi gap jon ozigi, hazil-mutoyiba kishi ruhiyatidagi chigalliklarni yozib yuboruvchi xususiyatga ega. Bu haqda obdon o`ylab ko`ring! «Ruhiyat manzili» turkumining navbatdagi psixologik testi oila mavzusiga murojaat qiladi. Birinchi o`ntalik savollar kuchli jins vakillari — erkaklar uchun tuznlgan bo`lib, undagi savollar ularning turmush o`rtogi haqidagi fikr-mulohazalarini bilishga qaratilgan. Keyingi o`ntalik savollar esa nozik jins vakilalari — muhtarama ayollarimiz uchun tuzilgan bo`lib, unda ham umr yo`ldoshlari haqidagi fikr-mulohazalariga oid savollar jamlangan. To`gri, test natijalari shartli ravishdagi tahlil natijalari va u ayrim kishilarga bir oz erish tuyulishi mumkin. Biroq har bir javob zamirida asl qiyofa va tan olinmagan haqiqat borligini  unutmaslik  lozim..

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1