AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan telefon orqali gaplashdi.

Prezident Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘anni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi.

'Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan telefon orqali gaplashdi.'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 fevral kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog‘anni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi.

Davlatimiz rahbari Turkiya yetakchisiga mustahkam sog‘lik va farovonlik, davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, qardosh turk xalqiga tinchlik-osoyishtalik va rivoj tiladi.

Prezidentlar, shuningdek, butun musulmon ummati uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyi bilan bir-birlarini dildan qutladilar.

O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini joriy yil yanvar oyida Anqara shahrida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlatlararo hamkorlikda yuqori darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan Strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishining natijalari ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘targani ta’kidlandi.

Ishlab chiqilgan "yo‘l xaritalari" asosida kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Yetakchilar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar, bo‘lajak tadbirlar rejasini muhokama qilishdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident Islom sivilizatsiyasi markazini ochdi va iftorlikda ishtirok etdi'ning rasmi

    Siyosat 17.03.2026 18:07

    Prezident Islom sivilizatsiyasi markazini ochdi va iftorlikda ishtirok etdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilishi hamda iftorlik marosimida ishtirok etdi. Tadbirda mahalliy va xalqaro jamoatchilik vakillari qatnashdi.

    'Prezident hokimlarni “nomiga” sayyor qabul qilganini tanqid qildi'ning rasmi

    Siyosat 13.03.2026 09:17

    Prezident hokimlarni “nomiga” sayyor qabul qilganini tanqid qildi

    O‘zbekiston bo‘yicha har o‘n ming kishiga o‘rtacha 319 ta ariza to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa-da, ba’zi hududlarda bu ko‘rsatkich ikki barobar yuqori.

    'Eron qizlar maktabiga zarba: AQSh aybni tan olmayapti'ning rasmi

    Siyosat 11.03.2026 10:04

    Eron qizlar maktabiga zarba: AQSh aybni tan olmayapti

    Eronning Minob shahrida joylashgan qizlar maktabiga berilgan zarba natijasida kamida 165 kishi halok bo‘lgani xabar qilinmoqda.

    'Baxtiyor Saidov Turkiya prezidenti Erdo'g'an bilan uchrashdi'ning rasmi

    Siyosat 08.03.2026 04:36