AsosiyBu qiziq

Bugun qayerlarda yomg‘ir yog‘ishi aytildi

O‘zgidromet bugun, 25 fevral kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

'Bugun qayerlarda yomg‘ir yog‘ishi aytildi'ning rasmi

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 14-16 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 05:19

    'Shimoliy Koreyada 2 yoshli bola Injil sababli umrbod qamaldi'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 03:20

    Shimoliy Koreyada 2 yoshli bola Injil sababli umrbod qamaldi

    Mamlakatda diniy adabiyot saqlash og‘ir jinoyat sifatida baholanadi.

    ''ning rasmi

    Bu qiziq 24.02.2026 12:45

    'Dollar kursi tushdi'ning rasmi

    Bu qiziq 24.02.2026 11:19

    Dollar kursi tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25 fevral kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

    'Bugun qayerlarda yomg‘ir yog‘ishi aytildi.'ning rasmi

    Bu qiziq 24.02.2026 02:58

    Bugun qayerlarda yomg‘ir yog‘ishi aytildi.

    O‘zgidromet bugun, 24 fevral kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

    'Mask Oyda sun'iy yo'ldoshlar uchun elektromagnit katapulta qurishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

    Bu qiziq 23.02.2026 04:29

    Mask Oyda sun'iy yo'ldoshlar uchun elektromagnit katapulta qurishni rejalashtirmoqda

    Илон Маск Ойда сунъий интеллект инфратузилмасини яратиш ва сунъий йўлдошларни космосга арзонроқ учириш учун электромагнит катапулт қуриш ғоясини илгари сурди.