1

Xalqaro to`lov kartalaridagi mablag`larni bankomatlar orqali naqdlashtirilishi yuzasidan Markaziy bankning izohi

Iqtisodiyot 12.10.2019, 19:23
Xalqaro to`lov kartalaridagi mablag`larni bankomatlar orqali naqdlashtirilishi yuzasidan Markaziy bankning izohi

Joriy yilning 1 oktyabridan boshlab xalqaro tajribaga asosan xalqaro to`lov kartalaridagi mablag`larni mamlakat hududidagi bankomatlar orqali faqat milliy valyuta – «so`m»da naqdlashtirish amaliyoti joriy qilindi.  OAV va ijtimoiy tarmoqlarda naqdlashtirish jarayonida komissiya olinayotganligi to`g`risida xabarlar chop etildi. Ushbu chop etilgan maqolalar yuzasidan Markaziy bank quyidagilarni ma`lum qiladi.

Rasmiy ma`lumotda aytilishicha, jismoniy shaxs – rezidentlar (O`zbekiston Respublikasi fuqarolari) bevosita bank kassalarida shaxsni tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik pasporti yoki harbiy guvohnoma) taqdim etgan holda xalqaro to`lov kartalaridagi xorijiy valyutani cheklanmagan miqdorda naqdlashtirishlari mumkin.

"O`zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi Qonuniga asosan, bank tijorat tashkiloti bo`lib, bank operasiyalarini amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilishda mustaqildir.

Ma`lumki, xalqaro to`lov kartalari orqali amalga oshiriladigan tranzaksiyalar xalqaro to`lov tizimlari (Visa, Master Card, China Union Pay va hokazo) vositasida bajarilib, ushbu tizimlar tomonidan har bir tranzaksiya uchun tijorat banklaridan muayyan komissiya to`lovi undiriladi.  

Bundan tashqari, tijorat banklarining naqd chet el valyutasi bilan bog`liq operasion xarajatlari ham mavjud bo`lib, ular naqd xorijiy valyutani respublikaga olib kirish, olib chiqish, qayta sanash, transport va boshqa xarajatlarni o`z ichiga oladi.  

O`z navbatida, banklar xo`jalik yurituvchi sub`ekt sifatida hamda daromad olish maqsadida mijozlardan undiriladigan xizmat haqini mazkur xarajatlarni inobatga olgan holda tasdiqlaydilar.

Qayd etish joizki, so`nggi yillarda bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida banklar o`rtasida raqobat muhiti shakllanmoqda. Bu o`z navbatida, bank xizmatlariga o`rnatilgan tariflarning ommabop bo`lishiga va pasayishiga xizmat qilmoqda.

Xususan, bugungi kunda bank kassalari orqali xalqaro to`lov kartalaridagi xorijiy valyutani naqdlashtirish uchun o`rnatilgan komissiya 0,5 – 1 foiz oralig`ida (ayrim banklarda bepul) bo`lib, boshqa MDH mamlakatlaridagi ushbu turdagi xizmat uchun o`rnatilgan tariflardan (o`rtacha 2%) sezilarli darajada pastdir.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida mamlakatdagi barcha valyuta ayirboshlash shoxobchalari tegishli terminallar bilan jihozlangan. Bundan tashqari, mamlakat bo`ylab 633 ta avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari «24/7» rejimida faoliyat ko`rsatmoqda."

Markaziy bank jismoniy va yuridik shaxslarning hamda OAV vakillarining bank operasiyalari hamda bank sohasidagi islohotlarga taalluqli savol va murojaatlarini ko`rib chiqishga tayyor ekanligini ma`lum qilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1