AsosiyJamiyat

Uchtepa tumani hokimiga birinchi o`rinbosar tayinlandi

'Uchtepa tumani hokimiga birinchi o`rinbosar tayinlandi'ning rasmi

Uchtepa tumani hokimiga birinchi o`rinbosar etib 1985 yilda tug`ilgan Xujanov Aziz Majidovich tayinlandi.

U 2008 yilda V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot akademiyasi, 2012 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2005 yilda Toshkent shahar binolardan foydalanish departamenti mutaxassisi lavozimidan boshlagan. Undan so`ng Yakkasaroy tuman hokimligining bosh mutaxassisi,Toshkent shahar “Toshissiqquvvati” ishlab chiqarish birlashmasi unitar korxonasida iqtisodchi, Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimi yordamchisi, “O`zkommunxizmat” agentligi Tashqi iqtisodiy aloqalar va investisiyalar boshqarmasining bosh mutaxassisi, bo`lim boshlig`i, boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari, O`zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish boshqarmasi boshlig`i birinchi o`rinbosari, Toshkent shahar Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi boshlig`i lavozimlarida ishlagan.

U 2019 yilning 6 noyabridan Uchtepa tuman hokimining Iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari etib tayinlandi, deya xabar beradi Uchtepa tuman hokimligi Matbuot xizmati.

Boshqa yangiliklar