1

Toshkent viloyatining yo`l bo`ylarida 29 ta yangi masjid qad rostlaydi (foto)

Jamiyat 13.11.2019, 09:36
Teglar: O`zbekiston musulmonlari idorasi, masjid, Toshkent viloyati
Toshkent viloyatining yo`l bo`ylarida 29 ta yangi masjid qad rostlaydi (foto)

Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatov viloyatning Yuqori Chirchiq, Bo`stonliq, Zangiota, Yangiyo`l, Quyi Chirchiq  tumanlarida qurilish boshlangan va davom etayotgan masjidlarni borib ko`rdi, deya xabar beradi O`zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo`limi.

Joriy yilda Toshkent viloyatida yangidan qurilayotgan 29 ta masjidning 8 tasi mazkur tmunlarda joylashgan. Barcha masjidlarda ish qizg`in. Qishning qironli kunlarigacha tomlar yopilib, tashqi ta`mir ishlarini imkon qadar yakunlash lozim.

Quyi Chirchiq tumanidagi sakkizburchak shaklida qurilayotgan “Olmazor” masjidi asosiy binosi yuqori qismining metall konstruksiya ishlari yakunlanib, gumbaz o`rnatilishi arafasida. Ming kishilik sig`imga ega mazkur xonaqoh o`zining balandligi va yorug`lik tizimi bilan alohida ajralib turadi. Gumbazning balandlik shakli taralayotgan tovushni aks-sado yordamida binoning hamma qismiga teng taqsimlanishiga yordam beradi.

Xayrulloh domla Turmatov katta yo`l yoqalarida qurilayotgan masjidlar va tahoratxonalar loyihalari bilan tanishdi. “Al Iymon”, “Abdujalilbob” masjidlari qayta qurilayotgan bo`lsa, “Huzayfa” masjidining tahoratxonasi yangidan barpo etilmoqda. 

Bu masjidlar hudud aholisi, qolaversa, yo`ldan o`tuvchi ziyoratchilar,  musofirlarga xizmat qiladi. Shuning uchun loyihani puxta o`ylab, namozxonlarga har tomonlama yuqori shart-sharoitlarni ta`minlashimiz zarur. Issiq suv zahirasi, imkoniyati cheklanganlar uchun maxsus sharoit va boshqalar.  Zotan yo`lovchilarga xizmat qilsak, Alloh ishlarimizga baraka ato etadi, dedi bosh imom-xatib. 

Sharhlar

Toshkent viloyatida maoshsiz qolgan YHXB xodimlariga ish haqi to`lab berildi

09.12.2022, 10:08

Sal avval Toshkent viloyati IIBB JXX YHXB xodimlarining ayrimlari oylik maoshni o`z vaqtida olmaganliklari haqida xabar berilgan edi. Ayni paytda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmatining...
Toshkent viloyatida 30 yoshli yigit ayolning foto va videolarini internetda tarqatmaslik uchun 10 ming AQSh dollari talab qildi (video)

12.09.2022, 12:00

Toshkent viloyati IIBB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`limi tezkor xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbirda, ayolning foto va videolarini ijtimoiy tarmoqda tarqatib, sharmanda qilmaslik evaziga undan 10...
Afg`onistondagi masjidlardan birida portlash yuz berdi. Vafot etganlar bor

13.11.2021, 13:00

Afg`onistonning Nangahor viloyatida juma kuni namoz vaqtida navbatdagi portlash yuz berdi.Afganistan International telekanali xabariga ko`ra, juma namozi vaqtida xudkush-terrorchi tomonidan portlovchi qurilma ishga tushirilgan. Natijada,...
Novza masjidi oldida Juma namoziga kelganlar jarimaga tortilayotgani rostmi? Holatga izoh berildi

03.09.2021, 15:30

Ijtimoiy tarmoqda "Novza masjidi oldida Juma namoziga kelganlar jarimaga tortilmoqda" sarlavhasi ostida video tarqaldi. YHXBB holatga quyidagicha izoh berdi.Yo`l harakati qoidalariga ko`ra, transport vositalarini yo`lning...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1