AsosiyJamiyat

“darakchi.uz” tanqididan so`ng, Chiroqchidagi 101-maktab mashmashasi qayta o`rganiladigan bo`ldi

'“darakchi.uz” tanqididan so`ng, Chiroqchidagi 101-maktab mashmashasi qayta o`rganiladigan bo`ldi'ning rasmi

Xabaringiz bor, bir muddat avval Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi 101-maktab o`quvchilari ommaviy ravishda xorijga ishlagani ketayotgani haqida xabar bergan edik. 

Shundan so`ng mazkur holat bo`yicha viloyat xalq ta`limi boshqarmasi munosabat bildirib, ma`lumotlar asosizligini aytib, jurnalistni yolg`on xabar tarqatganlikda ayblagan edi. Biroq Boshqarmaning munosabatidan so`ng jurnalist M.Ismoilova “darakchi.uz”ga ushbu holat bo`yicha qo`shimcha faktlar bilan Qashqadaryo xalq ta`limi boshqarmasini "fravani quruq olib qochayotgani"ni ma`lum qilgandi. 

Ayni paytda uzoq davom etib kelayotgan 101-maktab mashmashasi bo`yicha viloyat xalq ta`limi boshqarmasi “darakchi.uz” saytida berilgan “Aravani quruq olib qochayotgan kim? Jurnalistmi yo Qashqadaryo viloyati Xalq ta`limi boshqarmasi?” sarlavhali maqolaga munosabat bildirdi:

Chiroqchi tumanidagi 101-umumiy o`rta ta`lim maktabining faoliyatiga doir bir qancha tanqidiy xabarlar berilib kelinmoqda. 

Ushbu maqolalar joriy yilning 7 dekabr kuni viloyat xalq ta`limi boshqarmasi  tomonidan o`rganildi va muhokama qilindi. Chiroqchi tumanidagi 101- umumiy o`rta ta`lim maktabining faoliyatiga doir tanqid qilingan dalillarni o`rganish maqsadida ishchi guruh tuzildi.

Mazkur ishchi guruh tomonidan tanqidiy materiallarda keltirilgan dalillar o`z isbotini topsa, maktab rahbarlari  va mas`ullariga nisbatan amaldagi qonunchilikka asosan huquq tartibot organlari bilan hamkorlikda tegishli chora ko`rilishini ma`lum qilamiz” — deyiladi rasmiy xabarda.

Biz esa natija va ko`rilajak chorani kutib qolamiz.

Boshqa yangiliklar