Yagona qisqa raqam tizimi joriy etiladi: 112 raqami haqida eshitdingizmi?

Hi-tech 05.01.2020, 16:12
Teglar: qisqa raqam, xizmat
Yagona qisqa raqam tizimi joriy etiladi: 112 raqami haqida eshitdingizmi?

«Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalida Toshkent shahrida favqulodda vaziyat holatlarida qo`ng`iroq qilinadigan yagona qisqa raqam tizimini yaratish taklif etilgan. 

«Toshkent shahri aholisiga qulayliklar yaratish maqsadida «Aqlli shahar» konsepsiyasiga qo`shimcha tarzda turli favqulodda vaziyat holatlarida qo`ng`iroq qilinadigan telefon raqamlarini (101, 102, 103, 104) yagona raqamga birlashtirishni taklif qilaman», — deb yozgan murojaat muallifi.

Ma`lum qilinadiki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot – kommunikasiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida» 2017 yil 29 avgustdagi PQ-3245-son qarori bilan 2019-2023 yillarda «Xavfsiz shahar» loyihasini bosqichma-bosqich respublikaning barcha hududlarida joriy etish belgilangan.

Bugungi kunda Vazirlar Mahkamasining «Xavfsiz shahar» loyihasini amalga oshirish bo`yicha bosqichma-bosqich chora-tadbirlar va yagona texnologik yondashuvni tashkil qilish to`g`risida» 2018 yil 7 maydagi 343-son qaroriga muvofiq «Xavfsiz shahar» loyihasining texnik hujjatlari (Konsepsiya, Bosh texnik topshiriq, Texnik iqtisodiy hisob) Xalqaro konsalting kompaniyasi (PVK) ekspertlar guruhi bilan birgalikda tegishli idoralar va vazirliklar ishtirokida ishlab chiqildi.

Birinchi bosqichda 2019-2020 yillarda Toshkent shahrida to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiyalarni jalb etgan holda «Xavfsiz shahar» loyihasining yagona texnologik platformasini yaratish bo`yicha ishlar amalga oshiriladi.

Shu asosda Toshkent shahridagi barcha qisqa raqamli tezkor navbatchilik - 101, 102, 103, 104, 1050, 1055 xizmatlari Yagona vaziyatlar markaziga jamlanadi hamda umumiy «112»-navbatchilik xizmati doirasida faoliyat ko`rsatadi.

Kuzatuv kameralari o`rnatiladi

Bundan tashqari, ijtimoiy soha, madaniyat, turizm ob`ektlari, vokzal va bozorlarda jamoat tartibini va xavfsizlikni ta`minlash maqsadida 50 mingdan ortiq kuzatuv kameralari o`rnatiladi hamda umumiy ma`lumotlar bazasi 20 mln.dan ortiq bo`lgan intelektual qidiruv tizimi tashkil etiladi.

500 dan ortiq chorrahalarda zamonaviy yo`l harakatini boshqarish tarmog`i yaratilib, «aqlli» avtoturargoh xizmati joriy etiladi.

Bundan tashqari kadastr ma`lumotlari kiritilgan elektron raqamli xarita ishlab chiqiladi va uning yordamida noqonuniy olib boriladigan qurilishlarga tezkor chora ko`rish imkoniyatlari yaratiladi.

Shaharda atrof-muhitni ekologiya holatini yagona monitoring va nazorat qilish tizimi tashkil etilishi hamda vaziyatlar markaziga integrasiya qilinadi.

Tezkor navbatchilik xizmati xodimlari va texnik mutaxassislari malakasini oshirish bo`yicha o`quv markazi hamda tizimning uzluksiz faoliyatini ta`minlash uchun laboratoriya tashkil etilishi ko`zda tutilgan.

Qanday foydasi bor?

«Xavfsiz shahar» tizim yordamida quyidagi ijobiy ko`rsatkichlarga erishilishi kutilmoqda, jumladan:

umumiy «112» – navbatchilik xizmati faoliyati doirasida favqulodda vaziyatlar xizmatlarining faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali mexanizmi joriy etilishi;

jamoatchilikning davlat tuzilmalariga nisbatan ishonchi 35 foizga oshishi;

jinoyatlarni fosh etish vaqti va huqukbuzarliklar soni

45 foizgacha kamayishi;

atrof-muhit ekologiya holatini monitoring va nazorat qilish bo`yicha yagona tizim tashkil etilishi natijasida shahar ekologik holati nazoratga olinishi va yaxshilanishiga zamin yaratiladi.

Loyihani amalga oshirish jarayonida mahalliy dasturiy ta`minot ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni keng jalb etish hamda hamkorlik jarayonida ularning tajribasini oshirish va kelgusida jahon bozoriga chiqishlari uchun zamin yaratishga jiddiy e`tibor qaratilmoqda.

Shu bilan birga, vazirlik va idoralarning maxsus tezkor xizmatlari mutaxassislarini qayta tayyorlash o`quv markazini yaratish xamda videokuzatuv kameralarini, o`rnatiladigan dasturiy ta`minotlarni mavjud standartlarga muvofiqligini tekshirish va integrasiya qilish bo`yicha maxsus laboratoriya tashkil etish nazarda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1