AsosiySport

Bugun bokschilarimiz Sofiyadagi ishtiroklarini boshlaydi

Bugun Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo`yicha an`anaviy “Stranja” xalqaro turniri boshlanadi. O`z tarixida 66-bor o`tkazilayotgan musobaqada 33 davlatdan 300 nafar erkak va ayol bokschilar sovrinli o`rinlar uchun bahs olib boradi, deya xabar beradi olamsport.com nashri.

Bu yilgi musobaqada mamlakatimiz sharafini ayol jamoasidan Kamolova Muborak (48 kg), Mirzaeva Yodgoroy (60 kg), Nizamova Shaxnoza (75 kg), erkak jamoasidan Qo`chqorov Abdulla (49 kg), Zoirov Shahobiddin (52 kg), Ahmadaliev Murodjon (56 kg), Abduraimov Elnur (60 kg), G`oipnazarov Fazliddin (64 kg), Madrimov Isroil (69 kg), Rasulov Elshod (81 kg), To`laganov Rustam (91 kg) va Jalolov Bahodir (+91 kg).

Murabbiylar tarkibidan bosh murabbiy Mars Qo`chqorov, To`lqin Qilichev joy olgan. Ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Rahmatjon Ro`zioxunov.

    Boshqa yangiliklar