1

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti koronavirusdan himoyalanish bo`yicha eng zarur tavsiyalarni berdi

Jamiyat 16.03.2020, 11:28
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti koronavirusdan himoyalanish bo`yicha eng zarur tavsiyalarni berdi

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining ma`lum qilishicha, 2020 yil 16 mart kuni soat 09:00ga qadar koronavirusi dunyoning 148 ta mamlakatida aniqlangan. Shunga ko`ra  koronavirusdan himoyalanish bo`yicha zarur tavsiyalar berildi

▪️Ko`pgina viruslar, jumladan koronavirus ham dezinfeksiyalovchi eritmalarda o`ladi. Shaxsiy gigienaga qat`iy amal qiling;  

▪️Qo`llaringizni tez-tez yuving. Doimiy foydalanadigan buyumlaringizni ham toza saqlang. Virusni nafaqat havo-tomchi, balki kontakt usulida ham yuqishini hisobga olsak, qo`llarga dezinfeksiyalovchi, spirtli eritmalar bilan ishlov berish ham yaxshi samara beradi. Telefon, klaviatura, eshik tutqichlari, lift tugmalari, do`konlardagi aravalar tutqichlari epidemiologik jihatdan xavfli bo`lishi mumkin. Shuning uchun iloji boricha ularni ushlamaslikka harakat qiling. Ushlasangiz qo`lingizni spirtli gel bilan tozalang, sovunlab yuving;

▪️Yuz-ko`zingizga yuvilmagan qo`llaringizni tekkizishdan saqlaning. Chunki virus nafaqat burun yoki og`iz, balki ko`z shilliq pardalari orqali ham yuqadi;

▪️Tibbiy niqobdan foydalaning. Niqoblarni ham vaqti-vaqti bilan almashtirib turing.  Ishlatilgan niqobni echgach, qo`llarni yuvishni unutmang;

▪️Aksirish yoki yo`talish vaqtida og`izni qo`l bilan emas, bir martalik salfetka bilan yoping;

▪️Qo`l berib so`rashish va quchoqlab ko`rishishdan cheklaning;

▪️Imkon qadar umumiy ovqatlanish joylariga borib ovqatlanmang.Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti:  koronavirusdan himoyalanish bo`yicha zarur tavsiyalar...

▪️Ko`pgina viruslar, jumladan koronavirus ham dezinfeksiyalovchi eritmalarda o`ladi. Shaxsiy gigienaga qat`iy amal qiling;  

▪️Qo`llaringizni tez-tez yuving. Doimiy foydalanadigan buyumlaringizni ham toza saqlang. Virusni nafaqat havo-tomchi, balki kontakt usulida ham yuqishini hisobga olsak, qo`llarga dezinfeksiyalovchi, spirtli eritmalar bilan ishlov berish ham yaxshi samara beradi. Telefon, klaviatura, eshik tutqichlari, lift tugmalari, do`konlardagi aravalar tutqichlari epidemiologik jihatdan xavfli bo`lishi mumkin. Shuning uchun iloji boricha ularni ushlamaslikka harakat qiling. Ushlasangiz qo`lingizni spirtli gel bilan tozalang, sovunlab yuving;

▪️Yuz-ko`zingizga yuvilmagan qo`llaringizni tekkizishdan saqlaning. Chunki virus nafaqat burun yoki og`iz, balki ko`z shilliq pardalari orqali ham yuqadi;

▪️Tibbiy niqobdan foydalaning. Niqoblarni ham vaqti-vaqti bilan almashtirib turing.  Ishlatilgan niqobni echgach, qo`llarni yuvishni unutmang;

▪️Aksirish yoki yo`talish vaqtida og`izni qo`l bilan emas, bir martalik salfetka bilan yoping;

▪️Qo`l berib so`rashish va quchoqlab ko`rishishdan cheklaning;

▪️Imkon qadar umumiy ovqatlanish joylariga borib ovqatlanmang.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1