1

Magistraturaga kirishda ayrim talabalar uchun sertifikat “majburiyati” bekor qilinadi

Jamiyat 08.05.2024, 16:43
Magistraturaga kirishda ayrim talabalar uchun sertifikat “majburiyati” bekor qilinadi

O`zbekistonda sirtqi ta`lim shakli uchun kvotalarni kunduzgi ta`lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi.

Sirtqi ta`lim shakli masofaviy ta`lim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan ta`lim shaklini joriy etish orqali bosqichma-bosqich tugatiladi. Bu haqda 8 may kungi matbuot anjumanida oliy ta`lim sohasi mas`ullari aytib o`tdi.

Anjumanda magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to`g`risidagi sertifikat talabibo`yicha kutilayotgan o`zgarishlar ham ma`lum qilindi.Unga ko`ra:

  • ta`lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchunsertifikat talabi bekor qilinadi;
  • soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san`at, sport, ta`lim, sog`liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo`jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo`nalishlari bo`yicha sertifikat talabi bir pog`ona – B1 darajasiga tushiriladi;
  • sertifikat talabi xorijiy tillar yo`nalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikasiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo`nalishlarida B2 darajada saqlanadi. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1