1

TIV AQSh, Kanada va Amerika qit`asining boshqa davlatlarida bo`lib turgan o`zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi

Jamiyat 16.03.2020, 12:35
TIV AQSh, Kanada va Amerika qit`asining boshqa davlatlarida bo`lib turgan  o`zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi

TIV AQSh, Kanada va Amerika qit`asining boshqa davlatlarida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi, deya ma`lum qildi Vazirlik Matbuot xizmati.

Mamlakatimizning AQShdagi Elchixonasi bergan ma`lumotga ko`ra, koronavirusning O`zbekiston hududiga kirib kelishidan saqlanish maqsadida “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi 2020-yil 16-martdan boshlab “Toshkent – Nyu-York – Toshkent” yo`nalishi bo`yicha muntazam reyslarni vaqtincha to`xtatdi.

Elchixona mazkur davrda AQShdan O`zbekistonga borishni rejalashtirgan fuqarolarga o`z safarlarini keyinroqqa qoldirishni va aviachiptalarni qaytadan bronlashni tavsiya qiladi. Aviabiletlarni qaytarishda “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi tomonidan reyslarni bekor qilish davrida jarimalar olinmaydi.

Bunda O`zbekiston fuqarolari o`z vatanlariga qaytganlaridan keyin 14 kunlik karantinga olinadilar.

AQShda koronavirus tarqalishi borasidagi vaziyatning keskinlashishi va mamlakatda favqulodda holat e`lon qilinishi munosabati bilan, O`zbekiston fuqarolariga favqulodda zarurat bo`lmasa AQShga borish tavsiya etilmaydi.

O`zbekistonning Vashington shahridagi Elchixonasi va Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasiga tashrif buyuruvchilar orasida koronavirus tarqalishini oldini olish maqsadida konsullik-huquqiy hujjatlarni qabul qilish va ko`rib chiqish masofadan turib (shaxsiy murojaasiz), shuningdek, pochta xizmati orqali yozishmalar yuborish yo`li bilan amalga oshiriladi, arizachilarning shaxsan hozir bo`lishini talab qiladigan hujjatlar bundan mustasno (hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to`g`risida ma`lumot Elchixonaning uzbekistan.org va Bosh konsulxonaning www.uzbekconsulny.org veb-saytlarida joylashtirilgan).

Shu munosabat bilan hamda diaspora tashkilotlari va vatandoshlar bilan doimiy aloqalarni o`rnatish va qo`llab-quvvatlash maqsadida Elchixona va Nyu-York shahridagi Bosh konsulxona tomonidan doimiy ishlaydigan “ishonch telefonlari” ochildi va ishlamoqda.

2020-yil 15-mart holatiga ko`ra, Elchixona akkreditasiya qilingan mamlakatlarda O`zbekiston fuqarolari orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirgan holatlar qayd etilmagan.

Elchixona O`zbekiston fuqarolaridan yuqorida keltirilgan barcha masalalar bo`yicha quyidagi ma`lumotlar orqali bog`lanishlarini so`raydi:

O`zbekistonning Vashington shahridagi Elchixonasi:

Manzil: 1746 Massachuses Avenue, N.W. Washington, D.C. 20036  

Telefon: (202) 887-5300, Faks: (202) 293-6804

El.manzil: info.washington@mfa.uz  

Konsullik bo`limi:

Telefon: (202) 887-5300 (ext. 1), Faks: (202) 202-9633

El.manzil: consul.washington@mfa.uz  

Telegram: @ElchixonaUZ  

Faxriddin Mo`minov, mobil telefon/telegram: (202) 251-8298).  

O`zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxona:

Manzil: 630 3rd Avenue, 5th floor, New York, 10017  

Telefon: (212) 754-7403, (212) 754-6178  

El.manzil: info@uzbekconsulny.org,  

Telegram kanal: https://t.me/consulNY

1. Ulug`bek Axmedov, mobil telefon/telegram: +1 917 539-4664;

2. Qahramon Dalimov, mobil telefon/telegram: +1 347 217 4406;

3. Farhod Azimov, mobil telefon/telegram:+1 347 217 4404.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1