1

Avvalgi o`rinbosar Jaloliddin Hamroqulov o`z arizasiga ko`ra vazifasidan ozod etilgan

Jamiyat 08.05.2024, 23:32
Avvalgi o`rinbosar Jaloliddin Hamroqulov o`z arizasiga ko`ra vazifasidan ozod etilgan

O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari raisliklarida videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda Idora matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yig`ilishda tashkiliy masala ham ko`rildi. Unda, o`z arizasiga ko`ra vazifasidan ozod etilgan O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi o`rinbosari Jaloliddin Hamroqulov o`rniga Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ma`lumot o`rnida, Zayniddin Eshonqulov 1976 yilda tug`ilgan. Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Shuningdek, Misr Arab Respublikasidagi “al-Azhar” universiteti malaka oshirish kursini o`tagan.

U mehnat faoliyati davomida Toshkent shahridagi “Hofiz Ko`hakiy”, “Imom Buxoriy” jome masjidlarida imom-xatib va O`zbekiston musulmonlari idorasida turli vazifalarda xizmat qilgan. 2014 yildan buyon esa O`zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi va Payariq tumani “Imom Buxoriy” masjidi imom-xatibi vazifalarida mehnat qilayotgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1