1

SSV O`zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning ahvoli haqida ma`lumot berdi

Jamiyat 16.03.2020, 12:48
SSV O`zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning ahvoli haqida ma`lumot berdi

Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish borasida zarur choralar ko`rilmoqda. Jumladan, epidemiologik surishtiruv hamda kasallik tarqalib ketmasligi uchun barcha profilaktik chora-tadbirlar to`liq amalga oshirilmoqda.

– Hozirga qadar koronavirus infeksiyasi qayd etilgan 6 nafar bemor  klinikamizda yotqizilgan. Ular Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko`ra, belgilangan stantdartlar asosida davolanmoqda, – deydi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti direktori Erkin Musaboev. – Bemorlar shifokorlar tomonidan kecha-yu kunduz tibbiy nazoratga olingan. Umumiy ahvoli doimiy kuzatuvga olingan. Ayni paytda bemorlarimizning ahvoli qoniqarli.

Shu o`rinda ta`kidlash kerakki, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va ushbu infeksiyaga chalingan bemorlarni davolash uchun barcha sharoit yaratilgan. Jumladan, tibbiyot muassasalari zarur dori-darmon vositalari hamda  mutaxassislar bilan etarli darajada ta`minlangan. Shu bois aholidan vahimaga berilmasdan, shaxsiy gigiena qoidalariga qat`iy amal qilishlarini so`rab qolamiz, deyiladi SSV Matbuot xizmati xabrida.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1