1

Bugun O`zbekiston Eronga insonparvarlik yordamini yubordi

Jamiyat 16.03.2020, 13:07
Bugun O`zbekiston Eronga insonparvarlik yordamini yubordi

Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan Prezidentimizning alohida ko`rsatmasiga muvofiq koronavirusning oldini olish chora-tadbirlariga ko`maklashish maqsadida Eron Islom Respublikasiga insonparvarlik yordami yuborildi.

Bu haqda 2020 yil 12 martda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi imzolangan edi.


– Eron Islom Respublikasi hukumati O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga yangi koronavirus COVID-19 kasalligi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur bo`lgan tibbiy buyumlar va vositalar bilan ta`minlashda amaliy yordam ko`rsatish yuzasidan murojaat qilgan edi, – dedi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xodimi Samandar Hikmatullaev. – Davlatimiz rahbarining topshirig`iga asosan Eronning ushbu murojaatini qo`llab-quvvatlash, shuningdek, mazkur infeksiyaga qarshi kurashish bo`yicha birgalikdagi sa`y-harakatlarni kuchaytirish maqsadida steril tibbiy qo`lqoplar, himoya qiluvchi kombinezonlar, maxsus tibbiy formalar, niqoblar, doka, spirt, gigienik gellar va dori vositalari singari umumiy og`irligi qariyb etti tonnaga yaqin bo`lgan tibbiy buyumlar insonparvarlik yordami sifatida yuborildi. Bunda Favqulodda vaziyatlar vazirligi insonparvarlik yukini shakllantirish va etkazib berish uchun mas`ul etib belgilangan edi. Yukni kuzatib borish va topshirish uchun Eronga vazirlikning ikki nafar harbiy vrach mutaxassisi jo`nab ketdi.

Eronda qolib ketgan 14 nafar yuk tashuvchi haydovchi, shuningdek, tadbirkorlar, talabalar va boshqa vatandoshlarimiz olib kelinadi.

Ular va samolyot ekipaji a`zolari qaytib kelgach, belgilangan tartibda malakali shifokorlar, soha mutaxassislari nazorati ostida ikki hafta karantinda saqlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1