1

AQShdagilar Xitoy ikkinchi koronavirus to`lqiniga duch kelishi mumkin, deb hisoblashmoqda

Jamiyat 16.03.2020, 13:46
AQShdagilar Xitoy ikkinchi koronavirus to`lqiniga duch kelishi mumkin, deb hisoblashmoqda

Mamlakat karantinni bekor qilishiga qarab, Xitoyda koronavirusning ikkinchi to`lqini boshlanishi mumkin. Bunday fikrni AQSh Kasalliklarni nazorat qilish markazi rahbari Entoni Fauchi bildirdi, deb xabar beradi Tengrinews.kz bevosita RIA Novosti-ga tayanib.

«Xitoy mamlakatni shunchaki yopib qo`ydi … Ular cheklovlarni olib tashlab va normal hayotga qaytganlaridan kelib chiqib, ikkinchi to`lqin (kasallik) paydo bo`lishi mumkin. Umid qilamanki, bunday bo`lmaydi», dedi Fauchi ABC telekanali efirida.

Qo`shma Shtatlardagi pandemiya istiqbollari haqida gapirganda, mutaxassis bir necha oy davom etishi mumkinligini ta`kidladi, bu asosan kasallik tarqalishi ustidan «nazorat choralarining samaradorligi» ga bog`liq.

«Bu bir necha haftadan, bir necha oygacha davom etadi. Agar dinamika qanday bo`lishini bilmoqchi bo`lsangiz, Xitoy va Janubiy Koreyaga qarang. Xitoyda ular eng yuqori darajaga chiqdi va hozir pasaymoqda. Ikki kun oldin u erda atigi 11 ta holat qayd etilgan (ro`yxatga olingan) bo`lib, bu esa avval holat bilan solishtirganda keskin darajda pastdir», dedi u.

Fauchining qo`shimcha qilishicha, Qo`shma Shtatlar ichida harakatlanishlarrga qo`yilgan cheklovlar, restoranlarning ishlashiga qo`yilgan cheklovlardan farqli o`laroq jiddiy qabul qilinmayapti.

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) 11 mart kuni yangi COVID-19 koronavirusining pandemiyasi tarqalganligini e`lon qildi. Dunyoda 135 mamlakatda 142 mingdan ortiq odam kasallik yuqtirgan, ularning aksariyati tuzalib ketgan, 5,3 mingdan ko`proq odam vafot etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1