1

Insofsiz taksi haydovchilari tomonidan narxlarning asossiz oshirilishi kuzatilmoqda

Jamiyat 16.03.2020, 14:56
Insofsiz taksi haydovchilari tomonidan narxlarning asossiz oshirilishi kuzatilmoqda

Hukumatimiz tomonidan koronavirus xavfi sababli respublikamizda karantin elon qilingandan so`ng, joriy yilning 16 martidan barcha ta`lim muassasalarida,  jumladan, kollej, lisey va oliy ta`lim muassasalarida muddatdan oldin ta`til e`lon qilindi va o`qishlar to`xtatildi.

Toshkent shahridan viloyatlarga ketuvchi talabalar va o`quvchilarga 50 foizlik chegirmalar joriy etildi.

Shuni inobatga olgan holda talabalar va yo`lovchilarning o`z vaqtida manzillariga etib olishni ta`minlash bo`yicha Transport vazirligi tomonidan zarur choralar ko`rilmoqda.

Jumladan, Respublikamiz viloyatlariga boruvchi yo`lovchilarga qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida “Toshkent” avtovokzali tunu-kun 24 soatlik ish faoliyatiga o`tkazildi.

Yo`lovchilar oqimidan kelib chiqqan holda «Uzautotrans service» koroxonasi yana qo`shimcha 35 ta qatnovni yo`lga qo`ydi. Jami 70 ta qatnov orqali hozirda 4000 ga yaqin yo`lovchilarga xizmat ko`rsatilmoqda.

Talaba o`quvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida temir yo`l va aviachiptalari 50 foizlik chegirma asosida qator ta`lim muassalari va talabalar turar joylarining o`zida sotilishi tashkil qilindi.

Bu albatta ijobiy hol. Ammo ayrim shaxslar borki mazkur vaziyatdan unumli foydalanib, cho`ntagini qappaytirish ilinjida.

O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi bo`lim boshlig`i Sherali Sattarovning darakchi.uzga bergan ma`lumotiga ko`ra, federasiya tomonidan 16 mart kuni soat 9-10 lar oralig`ida Toshkentdan viloyatlarga qatnaydigan taksilarning narxi jamoatchilik nazorati tartibida o`rganildi.  

Unga ko`ra, Toshkent – Nukus yo`nalishi 500000 so`m, Toshken – Xorazm yo`nalishi 500000 so`m, Toshkent – Buxoro yo`nalishi 200000 so`mdan 250000 so`mgacha, Toshkent – Navoiy yo`nalishi 200000 so`m, Toshkent – Surxondaryo yo`nalishi 300000 so`m, Toshkent – Qashqadaryo yo`nalishi 200000 so`m, Toshkent – Jizzax yo`nalishi 80000 so`mdan 100000 so`mgacha, Farg`ona va Qo`qon 100000 so`m, Andijon 150000 so`mdan 200000 so`mgacha, Namangan 150000 so`mni tashkil etayotganligi kuzatildi.

Mazkur ma`lumotlar Toshkent shahridagi Qo`ylik bozori yaqinida vodiyga qatnovchi taksilar joylashgan avtoturargoh hamda Olmazor metro bekati (sobiq Sobir Rahimov) yaqinida joylashgan avtoturargoh va uning atrofidagi taksi haydovchilar bilan qilingan muloqotlar asosida to`plandi.

Federasiya xodimlari tomonidan taksi haydovilariga narxni assossiz oshirmaslik yuzasidan targ`ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi barcha fuqarolarimizdan kafolatli transport xizmatidan foydalanishga chaqiradi.

ESLATMA: agar Siz ayrim insofsiz taksi haydovchilari tomonidan narxlarning asossiz oshirilishiga guvohi bo`lsangiz, Davlat soliq qo`mitasining (71) 244-98-98 "Ishonch telefoni” yoki qisqa “1198” raqamli Sall-markazga, shuningdek, Transport vazirligining (71) “1167” qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishingizni so`ralmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1