1

Xalq ta`limi vazirligi o`qituvchilarni xizmat majburiyati bilan bog`liq bo`lmagan ishlarga jalb qilmaslikni talab qildi

Jamiyat 16.03.2020, 15:53
Xalq ta`limi vazirligi o`qituvchilarni xizmat majburiyati bilan bog`liq bo`lmagan ishlarga jalb qilmaslikni talab qildi

Xalq ta`limi vazirligiga ba`zi viloyatlarda maktablarda o`qituvchilar ishtirokida, jumladan mahalliy hokimiyat vakillari talablariga ko`ra, turli majlislar o`tkazilayotganligi haqida ma`lumotlar etib kelmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish va ta`lim muassasalarida sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta`minlash yuzasidan respublika maxsus komissiyasi tomonidan tashkilotlar tashabbusi bilan tashkil etiladigan tadbirlar, majlislar va yig`ilishlarga cheklovlar kiritilgan.

Xalq ta`limi vazirligi o`qituvchilar ishtirokida majlislar o`tkazish bo`yicha topshiriq bermagan. Vazirlik viloyat xalq ta`limi boshqarmalariga ortiqcha majlislar va yig`ilishlar o`tkazmasligi bo`yicha topshiriq berdi.

Shu bilan birga Xalq ta`limi vazirligi mahalliy hokimiyat vakillarini o`qituvchilarni xizmat majburiyati bilan bog`liq bo`lmagan ishlarga jalb qilmasliklarini talab qiladi.

Eslatib o`tamiz, “Yoshlarni ma`naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta`lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarish chora-tadbirlari to`g`risida”ga Prezidentning 2018 yil 14 avgustidagi qarori qabul qilingan. Unda xalq ta`limi xodimlarini xizmat majburiyati bilan bog`liq bo`lmagan ishlarga, majburiy mehnatga, shu jumladan, tuman va shaharlar hududlarini obodonlashtirish hamda ko`kalamzorlashtirish, mavsumiy qishloq xo`jaligi hamda boshqa turdagi ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1