1

Amerikaliklarning 57 foizi Donald Trampning qonunbuzarliklarini og`ir jinoyat deb biladi

Dunyo 08.05.2024, 21:26
Amerikaliklarning 57 foizi Donald Trampning qonunbuzarliklarini og`ir jinoyat deb biladi

Florida federal sudyasi Eylin Kannon AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning maxfiy hujjatlar bilan noto`g`ri muomala qilgani bo`yicha 20 mayga belgilangan tinglovni bekor qildi. Yangi sinov sanasi hali tanlanmagan, deb xabar beradi AP.

Kannon o`z qarorini kecha, 7 may kuni qabul qildi. U tomonidan imzolangan besh sahifalik hujjatda hozir yangi sud sanasini belgilash "aqilsizlik" bo`lishi aytilgan. Agentlik ta`kidlaganidek, bu qaror federal prokurorlarning Trampni noyabrdagi prezidentlik saylovlari oldidan sudga olib chiqish imkoniyatini shubha ostiga qo`yadi.

Eslatib o`tamiz, sobiq prezident 2022 yilda Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida topilgan maxfiy hujjatlarga beparvolik bilan munosabatda bo`lganlikda gumon qilinmoqda. Siyosatchiga qarshi yana bir qancha jinoiy ish qo`zg`atilmoqda: 2021 yil yanvarida uning tarafdorlari tomonidan Kapitoliyga bostirib kirishi, hujjatlarni qalbakilashtirish, shuningdek, uning biznesi bilan bog`liq qonunbuzarliklar haqida. Aprel oyida YouGov so`rovi shuni ko`rsatdiki, amerikaliklarning 57 foizi Donald Trampning qonunbuzarliklarini og`ir jinoyat deb biladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1