1

Zoyir Mirzaev: Eng asosiysi vahimaga tushmaslik!

Jamiyat 16.03.2020, 16:16
Zoyir Mirzaev: Eng asosiysi vahimaga tushmaslik!

Qashqadaryo viloyati hokimi, Zoyir Mirzaev:

-Viloyatimiz bozorlarida narx-navoni asossiz oshirish holatlariga qarshi keskin choralar ko`rilishida fuqarolarimiz tomonidan ham @voha_matbuoti telegram raqamiga asosli audio va videoyozuvlar kelib tushmoqda.

Vazirlar Mahkamasida koronavirus mavzusiga bag`ishlangan brifingda Bosh vazir Abdulla Aripov ta`kidlaganlaridek, "Vaziyatdan foydalanib qolishga uringan tadbirkorlarning “boyishi”ga yo`l qo`yilmaydi. 

Viloyatimizda ham yuqoridagi jarayonga Bosh prokuratura huzuridagi departament va viloyat Soliq boshqarmasi jalb qilingan bo`lib, fuqarolar tomonidan kelayotgan murojaatlar zudlik bilan o`rganilmoqda. 

Eng asosiy masala - vahima va qo`rquvga tushmaslik! 

Sinovli kunlarda bir jamoa bo`lib harakat qilishdan, xolis shaxs sifatida Sizlar tomoningizdan narx-navolar yuzasidan kelayotgan har bir murojaatga e`tibor qaratishdan charchamayman. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1