18 mart holatiga ko`ra bojxona omborlarida jami 28,1 mln. dollarga teng oziq-ovqat mahsulotlari saqlanmoqda.
160 dan ortiq mamlakatlarga “COVID-19” koronavirus infeksiyasi tarqaldi. Shu jumladan O`zbekistonda ham 15 mart kuni koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan ilk bemor aniqlangan edi. 19 mart sanasiga kelib bemorlar soni 23 nafarni tashkil qilmoqda.
Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi natijasida karantin e`lon qilinganligidan so`ng oziq-ovqat va zarur tibbiy vositalar narxlari qat`iy nazoratga olindi.
"Ekonomicheskoe obozrenie" jurnali Davlat Bojxona qo`mitasi bilan hamkorlikda doimiy ravishda ipmort qilinayotgan tovarlar ro`yxatini berib boradi. Unda ayd etilishicha joriy yilning 18 mart holatiga bojxona omborlarida jami 28,1 mln. dollarga teng oziq-ovqat mahsulotlari saqlanmoqda.
Bojxona omborlarida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari ro`yxati:
- bio qo`shimchalar (377,3 tn, 2,9 mln. doll.);
- go`sht (2,7 ming tn, 2,7 mln. doll.);
- margarin (2,4 ming tn, 2,7 mln. doll.);
- kungaboqar yog`i (3 ming tn, 2,3 mln. doll.);
- palma yog`i (2,2 ming tn, 2 mln. doll.);
- shokolad (604,9 tn, 1,4 mln. doll.);
- bolalar ovqati (237,2 tn, 1,4 mln. doll.);
- un (4,8 ming tn, 1,1 mln. doll.);
- shakar (2,6 ming tn, 988,1 ming doll.);
- (bug`doy – 79,1 ming tn, 15,4 mln. doll.)
- konservalangan sabzavotlar (779,9 tn, 825,6 ming doll.);
- banan (870,9 tn, 629,2 ming doll.);
- un mahsulotlari (vafli, pechene va x.z.) (277,8 tn, 515,3 ming doll.);
- makaronlar (349,1 tn, 480,2 ming doll.);
- choy (89,2 tn, 474,9 ming doll.);
- sut mahsulotlari (456,6 tn, 396,1 ming doll.);
- baliq (161,5 tn, 383,8 ming doll.).
Bojxona omborlarida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari iqtisodiyot tarmoqlari bo`yicha 4 mln. dollar, hudud korxonalari bo`yicha 24,1 mln. dollarni tashkil etadi.
Iqtisodiyot tarmoqlari bo`yicha:
- “O`zbekoziqovqatxolding” XK (2 mln. doll., asosan soya, araxis, zaytun yog`i, palma yog`i, bio qo`shimchalar, konservalangan sabzavotlar);
- “O`zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi (905,7 ming doll., asosan go`sht, kungaboqar yog`i, konservalangan sabzavotlar);
- “O`zyog`moysanoati” uyushmasi (654,3 ming doll., kungaboqar yog`i, margarin, palma yog`i);
- “Sog`lom avlod uchun” xalkapo xaypiya jamg`apmasi (654,3 ming doll., quruk ovqatlar);
- “O`zcharmsanoat” uyushmasi (4,2 ming doll., kimyoviy tuzlar).
Hududlar bo`yicha:
- Toshkent shahar (15,9 mln. doll., asosan bio qo`shimchalar, shokolad, bolalar ovqati, margarin, go`sht, un mahsulotlari, shakar, palma yog`i, banan, makaronlar);
- Toshkent viloyati (3 mln. doll., asosan shakar, kungaboqar yog`i, paxta yog`i, un, go`sht, margarin);
- Namangan (2,1 mln. doll., asosan go`sht, palma yog`i, margarin, un, shokolad, baliq);
- Samarqand (1 mln. doll., asosan margarin, no`xot, soya, araxis, zaytun yog`i, go`sht, un);
- Xorazm (790,9 ming doll., asosan kungaboqar yog`i, makaron, banan, olma);
- Farg`ona (433,5 ming doll., asosan olma, un, bio qo`shimchalar, go`sht, kartoshka, banan).
- Sirdaryo (393,7 ming doll., asosan soya, araxis, zaytun yog`i, no`xot, kungaboqar yog`i, guruch);
- Andijon (191,6 ming doll., asosan bio qo`shimchalar va ichimliklar);
- Qoraqalpog`iston Res. (97,6 ming doll., sut mahsulotlari, baliq);
- Surxondaryo (76,9 ming doll., asosan sitrus mevalar, yong`oq, konservalangan dengiz mahsulotlari, un);
- Jizzax (65,7 ming doll., asosan bio qo`shimchalar, baliq, sut mahsulotlari, kimyoviy tuzlar);
- Buxoro (13,7 ming doll., quritilgan meva sabzavotlar);
- Qashqadaryo (11,2 ming doll., asosan sitrus mevalar).