AsosiyJamiyat

Ertaga Toshkentda qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi aytilmoqda

Mazkur jarayonlar oqibatida atmosfera havosida chang zarrachalari, ayniqsa, atmosfera tarkibida PM10 konsentratsiyasi qisqa muddatli ortishi kuzatilishi mumkin.

'Ertaga Toshkentda qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi aytilmoqda'ning rasmi

Jahon meteorologiya tashkilotining Chang-qum bo'ronlari bo'yicha Pekin va Saudiya Arabistoni regional markazlari, shuningdek, O'zbekiston Gidrometeorologiya xizmati agentligi prognozlariga ko'ra, ertaga, 27 may kuni Toshkent shahri hududiga g'arbiy nam havo oqimlari kirib kelishi oldidan qisqa muddatli chang-to'zon hodisalari kuzatilishi mumkin. Bu haqda Ekologiya va iqlim o'zgarishi milliy qo'mitasi xabar berdi.

Prognozlarga ko'ra, kun davomida ob-havo o'zgaruvchan bo'ladi, ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol, asosan, g'arbdan 3–8 m/s tezlikda esadi, ayrim vaqtlarda 10–12 m/s gacha, ba'zi hududlarda esa 15 m/s gacha kuchayishi ehtimoli mavjud. Kuchaygan shamol fonida ayrim joylarda chang-to'zonlar yuzaga kelishi mumkin.

Mazkur jarayonlar oqibatida atmosfera havosida chang zarrachalari, ayniqsa, atmosfera tarkibida PM10 konsentratsiyasi qisqa muddatli ortishi kuzatilishi mumkin. Biroq ushbu holat qisqa muddatli xarakterga ega bo'lib, g'arbiy nam havo oqimlarining kirib kelishi va yog'ingarchilik hisobiga atmosfera havosining asta-sekin tozalanishi kutilmoqda.

Mutaxassislar shamol kuchaygan paytlarda, ayniqsa, nafas yo'llari kasalliklari, allergiya va yurak-qon tomir tizimi bilan bog'liq muammolari mavjud fuqarolarga ehtiyot choralarini ko'rishni tavsiya etadi. Zarurat bo'lmaganda uzoq vaqt ochiq havoda bo'lmaslik, deraza va eshiklarni yopiq saqlash hamda imkon qadar niqoblardan foydalanish maqsadga muvofiq.

Hozirda Maxsus komissiya tomonidan atmosfera havosi holati doimiy monitoring qilib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Rossiyadagi mahbuslar jazoni O‘zbekistonda o‘tashni so‘radi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:50

    Rossiyadagi mahbuslar jazoni O‘zbekistonda o‘tashni so‘radi

    Mahbuslar Rossiya Mudofaa vazirligi vakillari tomonidan harbiy harakatlarda qatnashish evaziga jazodan ozod qilish va yuqori maosh taklif etilayotgani haqida maʼlum qilishdi.

    '"Centrum Air" va "Qanot Sharq" faoliyati bo‘yicha tekshiruv boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:29

    "Centrum Air" va "Qanot Sharq" faoliyati bo‘yicha tekshiruv boshlandi

    Aviaqatnovlar bo'yicha yo'lovchilardan tushayotgan shikoyatlar soni o'tgan 4 oyi ichida 145 taga yetgan.

    'O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 25.05.2026 17:55

    O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi

    Bu haqda O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

    'Qashqadaryoda dahshatli YTH: ikki Nexia va KamAZ ishtirokidagi to'qnashuvda bir kishi shifoxonaga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 25.05.2026 09:51

    Qashqadaryoda dahshatli YTH: ikki Nexia va KamAZ ishtirokidagi to'qnashuvda bir kishi shifoxonaga tushdi

    Ko‘kdala tumanidagi avariya oqibatida avtomobillar vayron bo‘ldi, yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

    ''ning rasmi

    Jamiyat 25.05.2026 06:57

    ''ning rasmi

    Jamiyat 25.05.2026 05:19