Bugungi kunda karantin munosabati bilan ta`lim muassasalarida darslar to`xtatilgan, o`quvchilar uchun onlayn rejimda test topshiriqlari berib borilyapti. Ammo ayrim chekka hududlarda internet imkoniyatlari etarli emasligi sir emas. Xo`sh, respublikamizning chekka xududlarini internet bilan qamrab olish yuzasidan mas`ul idoralar tomonidan qanday ishlar olib borilmoqda? Bu masala yuzasidan Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri o`rinbosari Qahramon Yuldashev quyidagicha izoh berdi:
"Hozirgi kunda, operatorlar tomonidan tarmoqlarni rivojlantirish rejalari bo`yicha ishlar to`xtovsiz davom etirilmoqda.
O`zbekistonda koronavirus (COVID-19) pandemiyasi bo`yicha e`lon qilingan karantin rejimi vaqtida Mobil aloqa operatorlar tomonidan o`rnatilayotgan tayanch stansiyalari uchun Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan baza stansiyalarini ishga tushirish tartibini soddalashtirish, jumladan loyihalash uchun ruxsatnomalar taqdim etilishi yo`lga qo`yildi.
Bugungi kunga kelib, ushbu soddalashtirilgan tartib bo`yicha 100 dan ortiq baza stansiyalar muddatidan avval ishga tushirilmoqda".
@koronavirusinfouz
#vahimasizkarantin
#karantinbezpaniki