Bugun AOKA huzuridagi shtabda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig`i Dilshod Rahimov ishtirokida brifing o`tkazildi.
Unda maxsus ishchi guruh tomonidan infeksiyaning keng tarqalishi oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi. Xususan yurtimizda tibbiyot niqoblari ishlab chiqarish quvvatlarining kengaygani, murojaatlarning to`liq onlayn qabul qilish tizimiga o`tillgani haqida so`z bordi. Ta`kidlanishicha
❗️Ishchi guruh tomonidan ko`rilgan choralar natijasida 27 mart holatiga standart asosida yuz niqoblari ishlab chiqaruvchi korxonalar soni 28 tadan 154 taga, mahsulot hajmi esa kuniga 2,1 mln donaga etkazilishiga erishildi;
❗️O`tkazilgan tahlillarda, ko`p marta foydalaniladigan niqoblari ishlab chiqarish imkoniyati mavjud bo`lgan 353 ta to`qimachilik korxonasining ro`yxati shakllantirilib, ular tomonidan bir kunda 5,2 mln dona mahsulot ishlab chiqarish quvvati mavjudligi aniqlandi;
❗️Departament organlari tomonidan karantin davrida jismoniy va yuridik shaxslarining murojaatlarini to`liq onlayn qabul qilishga o`tildi. Departamentning 71-233-10-07 raqamli ishonch telefoni kunu-tun uzluksiz ish rejimiga o`tkazildi.
@koronavirusinfouz
#vahimasizkarantin