1

Uzoq kutilgan, real voqeaga asoslangan Ilhaq filmining rasmiy treyleri va suratlari e`lon qilindi (foto va video)

Madaniyat 23.04.2020, 08:22
Uzoq kutilgan, real voqeaga asoslangan Ilhaq filmining rasmiy treyleri va suratlari e`lon qilindi (foto va video)

Xabaringiz bor, yil boshida  “O`ZBEKKINO” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan “EZGU-FILM” studiyasi tomonidan suratga olinayotgan, II Jahon urushidagi G`alabaning 75 yilligiga bag`ishlangan “ILHAQ” tarixiy badiiy filmi real voqealar asosida ishlanayotgani xabar qilingan edi.

 «O`zbekkino» MA buyurtmasiga binoan suratga olingan, rejissyor Jahongir Axmedovning «Ilhaq» filmining rasmiy treyleri e`lon qilindi.

Filmda Toshkent viloyatining Zangiota tumani, Xonobod qishlog`ilik Zulfiya aya Zokirova taqdiri xususida hikoya qilingan. Zulfiya ayaning besh o`g`li: Xolmatov Isoqjon, Xolmatov Ahmadjon, Xolmatov Muhammadjon, Xolmatov Vahobjon, Xolmatov Yusufjonlar urushdan qaytmagan. 

"Ilhaq" badiiy filmi ushbu ayanchli taqdirlar haqida.

Jahongir Ahmedovning "Ilhaq" badiiy filmining bir qismi "Belorusfilm" bilan hamkorlikda suratga olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1