1

"Xo`ja Nasriddinning g`aroyib latifalari" audiokitobi to`rt tilda nashr etildi

Madaniyat 25.04.2020, 09:50
"Xo`ja Nasriddinning g`aroyib latifalari" audiokitobi to`rt tilda nashr etildi

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi joriy yilning fevral oyida Toshkentda Jamg`armaning nashriyot dasturi doirasida nashr etilgan birinchi bolalar kitobini taqdim etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar bermoqda. 

"Xo`ja Nasriddinning g`aroyib latifalari" kitobiga 40 ta hikoyalar kiritilgan bo`lib, ular o`zbek, rus, nemis va ingliz tillaridagi tarjimalarda berilgan. Ushbu nashrning e`tiborli jihati shundaki, kitob O`zbekiston va Germaniya maktabgacha ta`lim muassasalari bolalarining bevosita ishtirokida yaratilgan. Ularning chizmalari hikoyalar uchun rasm sifatida tanlab olingan. Illyustrasiyalarni saralab olish uchun Jamg`arma tomonidan Maktabgacha ta`lim vazirligi hamda Berlindagi Maktabgacha ta`lim sindikati hamkorligida tanlov tashkil etildi.

Kitobga taniqli o`zbek va nemis aktyorlari tomonidan o`qib berilgan hikoyalarning ko`p tovushli audio yozuvi bo`lgan CD ko`rinishidagi kompakt disk qo`shilgan. Endi ushbu audiokitobni barcha tinglashi mumkin. Jamg`arma ushbu audio yozuvni o`zining YouTube kanalida  e`lon qildi.

"Xo`ja Nasriddinning g`aroyib latifalari" kitobi Jamg`arma va Germaniyaning  Cultur-Sooperation International e.V kompaniyasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi ko`magida O`zbekistonning madaniyati va san`atini xorijda ommalashtirishga qaratilgan hamkorlikdagi ishlarning natijasidir" deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1