1

Pandemiya davrida qanday avtomobillar eng ko`p sotilgani ma`lum qilindi

Hi-tech 07.05.2020, 19:17
Pandemiya davrida qanday avtomobillar eng ko`p sotilgani ma`lum qilindi

Britaniyalik avtoulov mutaxassislari shu yilning mart oyida Evropada eng ko`p sotilgan avtomobillar reytingini tuzishdi. Bu haqda intrenet manabalarga tayanib xs.uz ma`lum qildi.

Ro`yxat “JATO Dynamics” tadqiqot kompaniyasi tomonidan taqdim etildi.

Ma`lumotlarga ko`ra, COVID-19 pandemiyasiga qaramay, garchi savdo deyarli 50 foizga tushgan bo`lsa-da, 23 mingdan ortiq nusxada sotilgan “Volkswagen Golf” avtomobili o`tgan oy Evropada eng talabgir avtoulovlardan biri bo`ldi.

15 ming donadan ko`proq (-1,6%) sotilgan “Tesla Model 3” elektravtomobili esa ikkinchi pog`onani zabt etdi.

Birinchi uchlikka 14,5 ming nusxada sotilgan (-50,6%) ixchamgina “Ford Focus” avtomobili yakun yasadi.

To`rtinchi o`rin “Renault Clio”ga nasib etdi. Uning savdo ko`rsatkichi 13,3 ming donani tashkil etdi (-66,4%).

Beshinchi o`rinda “Mercedes-Benz A-Class” engil avtomobillari (13,2 ming nusxada sotilgan, -45,9%) qayd etildi.

Shuningdek, quyidagi avtomobil modellari birinchi o`nlikdan joy olishdi: Skoda Octavia (13,2 ming dona), Nissan Qashqai (13 ming dona), Toyota Yaris (12,3 ming dona), Ford Fiesta (12,2 ming dona) va MINI Hatch (11,9 ming dona).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1