AsosiyDunyo

G‘azoda mojaro boshlanganidan beri 50 ming bola halok bo‘lgan yoki yaralangan

YUNISЕF hozirgi global vaziyatni "bolalik uchun eng yomon vaqt" deb ta’rifladi.

'G‘azoda mojaro boshlanganidan beri 50 ming bola halok bo‘lgan yoki yaralangan'ning rasmi

    YUNISЕF ijrochi direktori o‘rinbosari Kitti van der Xeyden Isroil va XAMAS o‘rtasidagi janglar boshlanganidan beri G‘azo sektorida 50 mingga yaqin bola halok bo‘lgan yoki yaralanganini bildirdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

    U G‘azoda odamlar, ayniqsa bolalarning to‘yib ovqatlanmaslik holatlari kuchayib borayotganini va sog‘liqni saqlash tizimi tanazzul yoqasida ekanligini ta’kidlash barobarida, mart oyida Isroil to‘liq blokada o‘rnatganidan beri, BMT boshchiligidagi yordamchi kuchlar "bizga muhtoj bo‘lgan bolalarga etib borolmaganini" qo‘shimcha qildi.

    YUNICЕF vakili mojaroning barcha tomonlarini zo‘ravonlikni to‘xtatishga va BMT xodimlariga "bolalar nihoyat ozgina umid topishi uchun" G‘azoga yordam yetkazishni davom ettirishga ruxsat berishga chaqirdi. Kitti van der Xeyden, shuningdek, hozirgi global vaziyatni "bolalik uchun eng yomon vaqt" deb ta’rifladi. Uning aytishicha, dunyo bo‘ylab har olti boladan biri "mojaroda yashamoqda yoki undan qochmoqda", bu YUNICЕF tarixidagi misli ko‘rilmagan raqamlar.

    G‘azodagi mojaro qariyb 20 oydan beri davom etar ekan, BMT Isroilni qurolli to‘qnashuvlarda bolalarga nisbatan huquqbuzarliklarni sodir etgani uchun ketma-ket ikkinchi yil qora ro‘yxatga kiritdi.

    So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroildagi mojarolar oqibatida 1200 ga yaqin odam halok bo‘lgan, 251 kishi garovga olingan, G‘azo va bosib olingan G‘arbiy Sohilda esa qurbonlar soni 55 mingdan oshgan.

      Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

      Boshqa yangiliklar

      'Isroil bosh vaziri Vengriyaga borsa hibsga olinadi'ning rasmi

      Dunyo Bugun 11:10

      Isroil bosh vaziri Vengriyaga borsa hibsga olinadi

      Vengriya Xalqaro jinoiy sud aʼzosi sifatida qidiruvdagi shaxs mamlakat hududiga kirsa, uni qoʻlga olishi mumkin.

      'Россия армиясида 13 мингга яқин марказий осиёлик борми?'ning rasmi

      Dunyo Bugun 09:50

      Россия армиясида 13 мингга яқин марказий осиёлик борми?

      Ukraina tomoniga ko‘ra, markaziy osiyoliklar asosan piyoda qo‘shin sifatida, eng xavfli yo‘nalishlarga yuborilmogda.

      'Gazo infratuzilmasi bo‘yicha muzokara o‘tkazildi'ning rasmi

      Dunyo Bugun 08:42

      Gazo infratuzilmasi bo‘yicha muzokara o‘tkazildi

      DP World va Donald Trump bilan bog'liq "Tinchlik Kengashi" vakillari G'azo sektorida ta'minot zanjiri va infratuzilma loyihalarini boshqarish bo'yicha muzokaralar o'tkazdi.

      'Afg‘onistonda uy-joy qurilishiga oid yangi tartib joriy etildi'ning rasmi

      Dunyo Bugun 07:03

      Afg‘onistonda uy-joy qurilishiga oid yangi tartib joriy etildi

      Endilikda aholi uy qurishdan oldin mahalliy masjid imomlari va jamoat vokillaridan ruxsat olishi belgilangan.

      'Yaponiya siyosatida katta o‘zgarish yuz berdi'ning rasmi

      Dunyo Bugun 06:19

      Yaponiya siyosatida katta o‘zgarish yuz berdi

      Yaponiya hukumati o‘limga olib keluvchi qurollar eksportiga qo‘yilgan uzoq yillik taqiqni bekor qildi.

      'Abdulqodir Husanov CIES tahligiga ko‘ra U23 eng yaxshilar qatorida'ning rasmi

      Dunyo 20.04.2026 16:22

      Abdulqodir Husanov CIES tahligiga ko‘ra U23 eng yaxshilar qatorida

      Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Manchester City himoyachisi yosh futbolchilar reytingida top-20 ga kirdi.