1

Surxondaryoda “Captiva” va traktor to`qnashuvi oqibatida bolakay olamdan ko`z yumdi

Jinoyat 08.05.2020, 16:16
Surxondaryoda “Captiva” va traktor to`qnashuvi oqibatida bolakay olamdan ko`z yumdi

3 may kuni soat 16:30 da Qumqo`rg`on tumani, "Arslonboyli" mahallasi hududidan o`tuvchi yo`lda 73 yoshli fuqaro B.Sh. “Captiva” kelayotganida boshqaruvni yo`qotib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan 34 yoshli fuqaro A.J.ning boshqaruvidagi  traktor yo`liga chiqib ketib avtohalokat sodir etgan. u haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar bermoqda.

Oqibatda traktor ichida bo`lgan 7-sinf o`quvchisi 13 yoshli Sh.J. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan va ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan Sh.J. 7 may kuni shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati, Qumqo`rg`on tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o`limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1