1

"O`zbekkino" Milliy agentligi “Ilhaq” badiiy filmi bo`yicha ogohlantirish bilan chiqdi

Madaniyat 10.05.2020, 00:46
"O`zbekkino" Milliy agentligi “Ilhaq” badiiy filmi bo`yicha ogohlantirish bilan chiqdi

9 may kuni yurtimizdagi davlat va nodavlat telekanallarda Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusiga ko`ra “O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi bilan suratga olingan “Ilhaq” badiiy filmining premerasi bo`lib o`tdi.

Shu kunning o`zidayoq ushbu film turli telegram kanallari va Youtube resursida ham qo`yila boshladi.  

"O`zbekkino" MAning yuridik xizmati boshlig`i Bobir Muqadamovning ma`lum qilishicha, internet tarmoqlariga bu tarzda filmni joylashtirgan shaxslar javobgarlikka tortilishlari mumkin.

“Bu holat ushbu film milliy kinomahsulot sifatida Kann, Berlin, Oskar va boshqa xalqaro kinofestivallarda chiqishini to`xtatib qo`yadi. Shu sababdan, “O`zbekkino” MA barcha telegram kanallari adminlari va YouTube kanali egalaridan ushbu filmni o`chirishlarini so`raydi. Aks holda, ushbu resurslar egalari qonunchilikka asosan javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantiramiz!  

O`zbek kinosining xalqaro darajada tan olinishiga o`z hissangizni (shunchaki filmni o`chirib) qo`shasiz degan umiddamiz” – deydi B. Muqadamov.

Mavzuga oid:

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1