AsosiyMadaniyat
1124

O`zbekistonning  muzey kolleksiyalariga mansub 14 ta eksponat Buyuk Britaniyaning bosh muzeyida namoyish etiladi

'O`zbekistonning  muzey kolleksiyalariga mansub 14 ta eksponat Buyuk Britaniyaning bosh muzeyida namoyish etiladi'ning rasmi

2024 yil 26 sentyabr kuni Buyuk Britaniyaning Londondagi Britaniya muzeyida “Ipak yo`llari” ko`rgazmasi o`z ishini boshlaydi. O`zbekistonning  muzey kolleksiyalariga mansub 14 ta eksponat Buyuk Britaniyaning bosh muzeyida namoyish etiladi.

Qulochi bo`yicha keng qamrovli va jo`g`rofiy miqyosi bo`yicha ulkan bo`lgan “Ipak yo`llari” ko`rgazmasida kishilar, buyumlar va g`oyalarning muttasil hijrati madaniyat va tarixni shakllantirishga qay yo`sinda turtki bergani kashf etiladi. Loyiha mazkur har bir omil solnomasidagi hal qiluvchi – milodiy 500–1000 yillardagi davrni qamrab oladi.

Aksariyat ashyolar, shu jumladan, shatranj donalarining eng ko`hna to`plamlaridan biri va Afrosiyobdagi hashamatli 6 metrlik “Elchilar xonasi” devoriy surati Londonda ilk bor namoyish etiladi. O`zbekiston Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi “Ipak yo`li” ko`rgazmasi uchun “Samarqand” davlat muzey-qo`riqxonasi hamda O`zbekiston davlat san`at muzeyida saqlanayotgan 14 ta eksponatni taqdim etadi. Ular orasida Markaziy Osiyoning Buyuk Ipak yo`li tarixidagi ahamiyatiga dalolat bo`luvchi Varaxsha saroyi alvon mehmonxonasining devoriy surati, qopqoqli suyakdon, so`g`d yozuvi tushirilgan kumush idish, Kofirqal`a xarobasiga oid ko`za va boshqa noyob arxeologik topilmalar mavjud.

“Ipak yo`llari” ko`rgazmasi 2024 yil 26 sentyabrdan 2025 yilning 23 fevraliga qadar Britaniya muzeyidagi “Sainsbury” ko`rgazmalar galereyasida namoyish etiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar