AsosiyMadaniyat

Samarqandda YuNESKOning Bosh konferensiyasi o`tkaziladi

'Samarqandda YuNESKOning Bosh konferensiyasi o`tkaziladi'ning rasmi

Fransiya poytaxti Parijda YuNESKO ishlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi raisi Gayane Umerova Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta`lim, fan va madaniyat masalalari bo`yicha ixtisoslashgan agentligi – YuNESKO Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashdi.

Tomonlar 2025 yil noyabrda so`nggi qirq yil ichida ilk marotaba Parijdagi qarorgoh sarhadlaridan tashqarida — Samarqand shahrida bo`lib o`tadigan YuNESKO (1945-yil 16 noyabrda tashkil etilgan) Bosh konferensiyasining bo`lajak yubiley sessiyasiga puxta taraddud ko`rishning amaliy jihatlarini muhokama qildilar.

YuNESKOning mazkur tarixiy anjumanini O`zbekistonda yuqori tashkilotchilik saviyasida uyushtirishni ta`minlash bo`yicha tayyorgarlik ishlari va mushtarak chora-tadbirlarni amalga oshirishga alohida e`tibor qaratildi.

Samarqandda o`tkaziladigan Bosh konferensiya davomida YuNESKO vakolatlari doirasida yangi jahonshumul tashabbuslarni hamda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga doir strategik loyiha va dasturlarni takomillashtirish va qabul qilish bo`yicha kelishuvlarga erishildi.

Uchrashuv iliq va do`stona muhitda o`tib, unda YuNESKO va O`zbekiston o`rtasidagi keng ko`lamli sheriklikni yanada yuqori pog`onaga olib chiqishga qat`iy tayyorlik ruhi tasdiqlandi.

 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar