1

Nurafshondagi ayrim oilalarga yana nurafshon hayot kirib keldi

Jamiyat 05.06.2020, 13:43
Nurafshondagi ayrim oilalarga yana nurafshon hayot kirib keldi

Majburiy ijro byurosi Nurafshon shahar bo`limi tomonidan joriy yilning o`tgan davri mobaynida ish yurituvida bo`lgan aliment undiruviga oid ijro hujjatlari bo`yicha jami bo`lib 24 ta oilalarni yarashtirilishiga erishildi.

Shundan 2020 yilning may oyi davomida 5 ta oilalar yarashtirildi, ya`ni, 2 farzandning ota-onalari Baybutaev Zoxid va Baybutaeva Dilafro`z, 1 farzandning ota-onalari Tadjimetov Alijon va Tolibjonova Dildora,  1 farzandning ota-onalari Bekmuratov Sherzod va Bekmuratova Nilufar,  1 farzandning ota-onalari Boltaboev Erkin va Abduqodirova Xalima,  2 farzandning ota-onalari Komilov Alisher va Komilova Go`zallarning oilasi tiklanib, farzandlari bilan birga yashab kelishmoqda.  

Shuningdek, aliment undiruvi bilan bog`liq ijro hujjatiga asosan, Mavlonov Asror tomonidan M.Saidovaning 1 nafar farzandi uchun 15 mln. so`m aliment to`lovlari oldindan undirib berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1