1

Navoiyda 9 sinf o`quvchisi boshqaruvida bo`lgan “Matiz” YTHga uchradi

Jamiyat 26.04.2024, 22:36
Navoiyda 9 sinf o`quvchisi boshqaruvida bo`lgan “Matiz” YTHga uchradi

Navoiy shahri va Karmana tumanidagi maktablarning 3 nafar o`quvchisi begona fuqaroning mashinasini olib, Nurota tumaniga sayohatga borgan. Ular ortga qaytishda YTHga uchragan. Ikki bola voqea joyida halok bo`lgan, bir nafari esa shifoxonada og`ir ahvolda qolmoqda.      

Manbaga ko`ra, YTHga uchragan bolalar Navoiy shahridagi 11-sonli hamda Karmana tumanidagi 5- va 7-sonli umumiy o`rta ta`lim maktablarining o`quvchilari bo`lgan. 8- va 9-sinfda o`qiydigan 3 nafar bola 23 aprel kuni o`zlariga begona bo`lgan fuqaroning Matiz mashinasini olib, Nurota tumaniga sayohatga borgan. Mashinani haydovchilik guvohnomasi bo`lmagan, voyaga etmagan bolalarning o`zlari boshqargan. 

Ular ortga qaytishda ruldagi o`quvchi boshqaruvni yo`qotgan va YTH sodir bo`lgan. Buning oqibatida 2 o`quvchi voqea joyida halok bo`lgan. Uchinchi o`quvchi esa og`ir tan jarohati bilan Karmana tumani markaziy shifoxonasiga keltirilgan. Hozirda u ham jonlantirish bo`limida og`ir ahvolda qolmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1