1

Elektr energiyasidan qarzdorliklarni yo`q qilib berishni va`da qilgan shaxslar ushlandi

Jamiyat 26.04.2024, 21:30
Elektr energiyasidan qarzdorliklarni yo`q qilib berishni va`da qilgan shaxslar ushlandi

Xonobod shahar elektr tarmoqlari korxonasi elektromontyori Sh.K. “B.X.” MChJning “Anhor” MFY hududidagi kafe binosida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi holati bo`yicha hisoblangan 32 mln so`m zararni tanishlari yordamida 2 mln so`mgacha kamaytirib berishi evaziga 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar berdi. 

Shu kabi, Departamentning Uchtepa tuman bo`limi DXX xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda “Toshkent shahar suv ta`minoti” AJning Uchtepa tuman bo`limi inspektori A.B. fuqaro K.D.ning xonadonida ichimlik suvi ta`minotidan 7 mln so`m qarzdorligini yo`q qilib berishi evaziga 5 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Jomboy tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda esa, “Xududgaz-Samarqand” GTF tuman bo`limi xodimi S.Q. fuqaro M.M.ning ishonchiga kirib, uning xonadonini gaz tarmog`i qayta ulab, hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 250 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1